Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Taʻlim jarayonini loyihalash tamoyillari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars maqsadi va natijasini belgilash
Taʻlim jarayonini loyihalash tamoyillari:
1. Markazlashtirilgan tamoyil 2. Refleksiv tamoyil 3. Natijaviylik tamoyil 4. Koʻp omillik tamoyili 5. Oʻquvchi shaxsini taʻlim jarayoniga moslashtirish tamoyili 6. Taʻlim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili Oʻquv jarayonlarini loyihalashtirishda taʻlim mazmunini, taʻlim maqsadi, kutilayotgan natijani toʻgʻri belgilash, taʻlim metodlari, shakllari va vositalarini toʻgʻri tanlash, oʻquvchil arning bilim, koʻnikma va malakalarini baholashni aniq mezonlari oldindan ishlab chiqish, mashgʻulotga ajratilgan vaqt ichida ularni toʻgʻri amalga oshirish va bir-biri bilan uygʻunlashuviga eʻtiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrishning asosiy bosqichi – oʻquv jarayonini loyhalashtirish hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 1. Darsning maqsadi va natijasini belgilash. 76 2. Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish. 3. Taʻlim resurslarini tanlash. 4. Oʻqitish va oʻqish strategiyasini belgilash. 5. Dars turini tanlash. 6. Darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish. Dars maqsadi va natijasini belgilash – oʻqitish va oʻqish jarayonlarining eng muhim omili boʻlib, taʻlim jarayonida aynan ular etakchi oʻrin tutadi. Darsning maqsad va natijasi DTS talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ayni oʻrinda shuni ham qayd etib oʻtish kerakki, darsning maqsadi oʻqituvchi tomonidan oʻquvchiga qanday bilim, koʻnikma va malakalarning berilishi nuqtai nazaridan emas, balki oʻquvchil ar tomonidan darsda qanday bilim, koʻnikma va malakalarning oʻzlashtirilishi muhimligidan kelib chiqib belgilanishi zarur. Yaʻni dars maqsadi aniq boʻlishi kerak. Dars maqsadining aniq boʻlishiga erishish uchun oʻqituvchidan quyidagilarga eʻtibor qaratish talab etiladi: 1) darsda yuzaga keladigan didaktik jarayon maʻlum sharoit va belgilangan vaqt ichida taʻlim maqsadiga erishishni toʻla taʻminlay olishi; 2) oʻqitish jarayonining yakuni boʻyicha maqsadni amalga oshirish darajasi toʻgʻrisida aniq xulosa chiqarish imkoniyatining mavjudligi. Shunga koʻra aytish mumkinki, taʻlim maqsadlari oʻquvchilarning harakatlarida ifodalanadigan taʻlim natijalari belgilanadi. Taʻlim texnologiyasining keyingi eng muhim komponenti – kutilayotgan natijadir. Binobarin, u oʻqitish jarayonining samaradorligini aks ettiradi va maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi, oʻqitish va oʻqish jarayoni, natija qoʻyilgan maqsadga mos kelganda yakunlanadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling