Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda loyiha metodidan foydalanish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda loyiha metodidan foydalanish. 
Loyihaviy taʻlim pedagogika amaliyotida qatʻiy yangi tushuncha emas, pedagogikada
“oʻquv loyihasi” tushunchasi 300 yildan ortiq qoʻllanilib kelmoqda. 
Nemis pedagogi M. Knollning tadqiqotiga koʻra, “loyiha” (oʻquv loyihasi.
tushunchasining paydo boʻlishi XVI asrga taalluqli boʻlib, italiyalik meʻmorlarning meʻmorlikni 
fan deb eʻlon qilib, uni oʻquv fanlari darajasiga chiqargan holda oʻz faoliyatlarini kasbga 
aylantirishga urinishlari bilan bogʻliq.
XVIII asr oxirida muhandislik kasblari paydo boʻlishi natijasida oʻquv loyihasi dastlab 
Fransiya, soʻngra Germaniya, Avstriya, Shveysariyadagi, XIX asr oʻrtalarida esa AQSHdagi 
texnika va sanoat oliy maktablarida tarqaldi.
Nemis tadqiqodchisi M.Knollning taʻkidlashicha, oʻquv loyihasining Yevropadan 
Amerikaga arxitekturadan muhandislik ishiga oʻtishi tabiiyki, uning turi, asoslash va qoʻllash 
usuliga taʻsir etdi. Mashinasozlik sohasi professori S. Robinson tahsil olayotganlardan nafaqat 
chizma taxtasida loyihalarni yaratish, balki ularni ustaxonalarda loyihalashtirilgan buyumni 
tayyorlash jarayonini bajarish orqali amalga oshirishni talab etardi. S. Robinson “amaliy 
muhandislarni” tayyorlashda loyiha ishining yetakchi roli toʻgʻrisidagi fikrni bayon etish, 
shuningdek uning ishlab chiqarish sinflari tajribasi bilan aloqasini hisobga olgan holda, 
loyihalashni yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga imkon beruvchi “demokratik” ish deb atadi.
Loyihalar usuli “oʻqitish usuli” didaktik toifa sifatida XIX asr boshlarida shakllandi. Bu 
davrda pragmatik pedagogika doirasida “erkin tarbiya” gʻoyalari yuzaga keldi. Tahsil oluvchiga 
olamni shaxsiy tajribasida faol oʻrganish imkonini berish orqali unda ijodiy qobiliyatlarni 
rivojlantirish zarurligiga ishonish bu turli-tuman yondashuvlarni birlashtiruvchi kuch boʻldi. 
Pragmatik pedagogika asoschisi amerikalik faylasuf va pedagog Dj. Dyui taʻlimga quyidagi 
yangicha insonparvarona yondashuvning asosiy konseptual qoidalarini ishlab chiqdi va asosladi: 
• amaliy natija beruvchi ishgina haqiqiy va qimmatli hisoblanadi; 
• bola ontogenezda atrof olamni bilishda insoniyat bosib oʻtgan yoʻlni takrorlaydi 
(induksiya usuli orqali xususiydan umumiyga); 
• bilimlarni oʻzlashtirish – tabiiy, boshqarilmaydigan jarayon; 
• bola taʻlimning faol subʻekti boʻlgan holda, bilimlarga ehtiyoj yuzaga kelgandagina 
axborotni oʻzlashtirishi mumkin. 
Dj. Dyui nazariyasiga koʻra, muvaffaqiyatli taʻlim shartlari quyidagilar hisoblanadi: 
• oʻquv materiallarining muammosi
• bolaning bilish faolligi; 
• taʻlimning bola hayotiy tajribasi bilan aloqasi; 
• taʻlimni faoliyat (oʻyin, mehnat) sifatida tashkil etish. 
Loyihaaniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik 
faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli.
Loyiha dastur, model, texnologik xarita va b. koʻrinishda namoyon boʻladi. 
Loyihaning asosini ilmiy yoki ijodiy xarakterga ega gʻoya tashkil etadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling