Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihani yaratish uchun pedagog
- Taʻlim jarayonini loyihalash
Loyihalash metodi- pedagogikaning pragmatik yoʻnalishiga asoslangan holda, taʻlim
jarayonida oʻquvchil arga beriladigan amaliy topshiriqlarni loyihalash va ularni oʻquvchil arning bajarishlari jarayonida bilim va koʻnikmalarni namoyon qilishlarini taʻminlovchi taʻlim shakli (Pedagogik atamalar lugʻati R.X.Djuraev, Oʻ.Q.Tolipov, R.Gʻ. Safarova, X.O. Toʻraqulov, 75 M.E.Inoyatova, M.S.Divanova. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti -2008) Loyihalash – boshlangʻich maʻlumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat. Loyihalash “gʻoya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish – bashoratlash – rejalashtirish” tizimiga asoslanadi. Loyihalash turli vositalar, yaʻni moddiy buyum, qurollar, m: kompyuter texnologiyasi, vatmon yoki oddiy ish qogʻozi, chizgʻich, qalam, marker, nusxa koʻchirish apparati (printer) va b. yordamida amalga oshiriladi. Loyihani yaratish uchun pedagog: - loyihani yaratish; - jarayonni bosqichma-bosqich yoritish; - maqsadni aniq belgilash; - maqsadga mos vazifalarni aniqlash; - oʻquv materiali mazmunini shakllantirish; - savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish; - jarayon yoki tadbirning metodik tuzilishini asoslash; - oʻquvchi bilim darajasini tashxislash va uning tarbiyalanganlik darajasini baholash kabi koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi zarur. Taʻlim jarayonini loyihalash – alohida olingan taʻlim jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha omillarni inobatga olgan holda uning loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish. Taʻlim jarayonini loyihalash qonuniyatlari va tamoyillari: Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida taʻlim jarayonini loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratiladi, chunonchi: 1) taʻlim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar (texnologik jarayon, texnologik jarayonni boshqarish, vosita, axborot, ijtimoiy-iqtisoiy taʻminot)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi bilan taʻminlanadi; 2) taʻlimning texnologik vositalari oʻquvchil arning individual xususiyatlariga bogʻliq holda tanlanadi; 3) loyihalash strategiyalari pedagogning individual uslubiga muvofiq tanlanadi; 4) loyihalash sifati teskari aloqa (pedagog va oʻquvchi oʻrtasidagi) koʻlami, loyihalash mazmuni hamda barcha omillar samaradorligiga bogʻliq. Uzluksiz taʻlim tizimining barcha turlarida taʻlim jarayonini loyihalashda bir qator tamoyillarga tayaniladi. Ayni oʻrinda dastlab tamoyil tushunchasining mohiyatini anglab olish zarur. Tamoyil (latincha principium-boshlangʻich asos)- muayyan nazariya, fan, dunyoqarash, ijtimoiy-siyosiy tuzilma va hakazolarning asosiy boshlangʻich holati maʻnosini anglatadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling