Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Mulʻtimediya vositalari asosida oʻquvchil arni oʻqitish quyidagi afzalliklarga ega


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Mulʻtimediya vositalari asosida oʻquvchil arni oʻqitish quyidagi afzalliklarga ega: 
- berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq oʻzlashtirish imkoniyati borligi;
- taʻlim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
- taʻlim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
- olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak boʻlganda amaliyotda qoʻllash 
imkoniyatiga erisxil adi. 
Mulʻtimediya vositalari asosida oʻqitish jarayonida aniq fanni kompʻyuter asosida toʻliq 
oʻqitish, maʻruza matnlarini taxrirlash, oʻquvchil ar topshirgan nazorat natijalarining tahlili 
asosida maʻruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxsxil ash, oʻquvchil ar axborot 
texnologiyalarini mulʻtimediya vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida 
koʻrishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega boʻladi. Sifatli mulʻtimediya ilovalari 
ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan turlituman, bir biridan farqli texnologik usullar mavjud. 
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonida zamonaviy multimediya 
texnologiyalaridan foydalanish:
- oʻqituvchil arni pedagogik mahoratini oshiradi;
- yangi elektron pedagogik texnologiyalar yaratadi;
- oʻquv jarayonini avtomatlashtiradi;
- oʻqituvchil ar ishini yengillashtirib samaradorligini oshiradi;
-elektron oʻquv darsliklar, testlar va boshqa elektron oʻquv materiallarining yaratilishiga 
olib keladi.
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchil arda tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin: 
1. 
Oʻquvchining oʻz fikrini erkini fodalashi. 
Oʻquvchiga aytilgan huquqiy jarayon boʻyicha oʻz oʻrnini aniqlab olishi uchun imkon 
beriladi. Masalan, qiyin vaziyatdan chiqish uchun nimalarga eʻtibor berish kerak? Oʻquvchidan 
javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: Sizning fikringiz qanday? Bu 
haqda siz qanday fikrdasiz? va boshqa. 
2. 
Oʻz fikrini oydinlashtirish. 
Oʻquvchining fikrini yanada aniqlashtirish maqsadida unga qoʻshimcha tarzda quyidagi 
savollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisiz? Oʻz fikringizni tushuntira olasizmi? Bu nima 
degani? 
3. 
Oʻquvchil ar fikrlarini asoslanganligini tekshirish. 
Bunda quyidagi savollar berilishi mumkin: Nima uchun siz aynan shunday deb oʻylaysiz? 
Sizning mavqeingizni tasdiqlovchi qanday asoslar bor? Nima uchun sizda shunday fikr tugʻildi? 
Oʻz fikringizni qanday isbotlaysiz? 
4. 
Oʻzgalar fikrini oʻrganish. 
Fuqaro oʻz fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi. Shuningdek, 
suhbatdoshining fikriga hurmat-ehtirom bilan ham qarayvermaydi. Bu holatni koʻproq 
oʻsmirlarda kuzatish mumkin. Baʻzan muammolar yechimini topishda oʻzgalar fikrini tinglash 
koʻnikmasi juda asqotadi. Bu koʻnikmani oʻquvchil arda shakllantirish uchun quyidagi savollar 
bilan murojaat qilish mumkin: Oʻz fikringizga muqobil boʻlgan holatni ayta olasizmi? Bu haqda 
boshqalar nima deydi? Tanqidga uchrashingiz mumkin? 
5. 
Oʻzi va oʻzgalar fikrini tahlil etish. 
Oʻquvchi oʻz fikri bilan oʻzgalar fikrini oʻzaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni 
aniqlash uchun fikrlar qarama-qarsxil igini tahlil etishi kerak. Shunda quyidagi savollar asqotish 
mumkin: Oʻz fikringiz qanday? Qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun toʻgʻri yoki notoʻgʻri? 
Qanday fikrlar sizni qanoatlantiradi? 
Tahlil qilinayotgan muammo boʻyicha turli fikrlarning mantiqiy natijalarini oʻrganish 
uchun savollar: Agar sizning gʻoyangiz qabul qilinsa, nima roʻy berishi mumkin? U jamiyatga 
qanday taʻsir koʻrsatadi? Foyda beradimi? 
6. 
Muammo natijasini qabul qilish. 


85 
Bu tanqidiy fikrlash usulining soʻnggi bosqichi hisoblanib, oʻquvchil ar fikrlari qaytadan 
baholanadi va muttanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: Qaysi natija eng qulay va ishonchli? 
Kimning chiqishi maqsadga muvofiq boʻldi? Siz bahsga qanday nuqta qoʻygan boʻlardingiz? 
kabi savollar asqotishi mumkin. 
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda muammoli taʻlim texnologiyasining ham 
ahamiyati kattadir. Muammoli taʻlim texnologiyasi oʻquvchil arni Davlat va huquq asoslari fani 
predmetning mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini 
toʻgʻri topishga oʻrgatadi. Ularda muammoning mohiyatini aniqlash, muammoni yechishda mos 
uslublarni toʻgʻri tanlash, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-
harakatlarni toʻgʻri aniqlash boʻyicha malakalarni shakllantirishga yordam beradi. 
Ushbu texnologiya asosida Davlat va huquq asoslari fani darslarini tashkil etishda 
oʻqituvchi oʻquvchil arni guruhlarga ajratib, ularni mos oʻrinlariga joylashtirgandan soʻng, 
mashgʻulotni oʻtkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, yaʻni u mashgʻulotni bosqichli 
boʻlishini va har bir bosqich oʻquvchil ardan maksimum diqqat-eʻtibor talab qilishini, 
mashgʻulot davomida ular yakka, guruh va jamoa boʻlib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat 
oʻquvchil arga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor boʻlishlariga yordam beradi va 
bajarishga qiziqish uygʻotadi. Mashgʻulotni oʻtkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach 
mashgʻulot boshlanadi. 
Avvalo mavzuga oid biror lavha taqdim etiladi. Oʻquvchil ar mashgʻulot uchun 
tayyorlangan anashu lavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga 
harakat qiladilar, xotirada saqlab qoladilar yoki daftarlariga belgilab qoʻyadilar. Agar lavha 
koʻrsatishning imkoniyati boʻlmasa, u holda oʻqituvchi oʻquv predmetining mavzusi boʻyicha 
plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi oʻquv materialidan 
foydalanishi mumkin. 
• 
har bir guruh aʻzolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) 
birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 qogʻoziga flomaster bilan yozib chiqadi; 
• 
berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan oʻqib 
eshittiriladi; 
• 
oʻqituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qogʻozlarni 
almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi; 
• 
tarqatilgan qogʻozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh 
aʻzosi oʻzini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi
• 
oʻqituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh aʻzosi tanlab olgan 
muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi. 
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda
qoʻllanilayotgan muammoli taʻlim 
texnologiyasi samaradorligining toʻrtta bosh sharti mavjud: 

muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uygʻotishni taʻminlash; 

muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo boʻladigan ishlarni bajara olish 
mumkinligini taʻminlash (maʻlum va nomaʻlumlar nisbatining maqbulligi); 

muammo yechimida olinadigan axborotni oʻquvchil ar uchun muhimligi; 

pedagog va oʻquvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, yaʻni oʻquvchil 
ar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar eʻtibor va ragʻbatsiz qolmasligi zarur. 
Muammoli taʻlim texnologiyasi asosida mashgʻulotlarini tashkil etish va boshqarish 
quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: 
-oʻquv fani va darslar mavzusini oʻrgatishda ular bilan bogʻliq muammoli masalalarni 
belgilash; 
-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib 
borish; 
-oʻquvchil arning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; 
-zarur oʻquv vositalarini tayyorlash; 
-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni koʻrsatish; 


86 
-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish; 
-oʻquvchil arning muammoni hal etishda yoʻl qoʻyayotgan xatolarini, ularning sababini va 
xususiyatini koʻrsatish; 
-oʻquvchil arning notoʻgʻri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama 
etib, toʻgʻri yoʻlni topishlariga koʻmaklashish kabilardan iborat. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling