Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


metod birlashmalarining asosiy vazifalari


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

metod birlashmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi. 
Maktabning har bir oʻqituvchisi (oʻrindoshlik tariqasida ishlayotgan oʻqituvchil ar ham) oʻz 
yoʻnalishlari yoki tegishli fan turkumi) boʻyicha metod birlashmaga aʻzo boʻlishlari shart. 
Metod birlashmaga rahbar maktab pedagogika kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali 
oʻqituvchil ardan maktab direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadi. 
Metod birlashmalarning faoliyati direktorning oʻquv (metodik) ishlari boʻyicha oʻrinbosari 
rahbarligidagi maktab Metodika kengashi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. Har bir fan va 


91 
yoʻnalish boʻyicha Metod birlashmaning rahbari maktab Metodika kengashining aʻzosi 
hisoblanadi. 
Metod birlashma reja asosida ish yuritadi, ish reja maktabning ish rejasida aksini topishi 
lozim. Metodik mavzu oʻqituvchining kasbiy oʻz ustida ishlash rejasini nazarda tutgan holda, 
pedagogik jamoa aʻzolari tomonidan qabul qilinishi lozim. Metod birlashma yigʻilishi bir oyda 
kamida bir marta oʻtkaziladi. Metod birlashma yigʻilishlarida belgilangan masalalar koʻrib 
chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi. Yigʻilishlar bayoni alohida daftarga yozib boriladi. Metod 
birlashmalar turli mavzularda seminar-mashgʻulotlar, maʻlum mavzularga bagʻishlangan turkum 
ochiq daslarni tashkil qiladi. 
Oʻquv yili oxirida metod birlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorining oʻquv 
(metodika) ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tahlil qilinadi. Yigʻilish bayonlari daftari, 
birlashma ish rejasi va hisoboti maktabda 3 yil muddatda saqlanadi. Metod birlashma rahbari va 
aʻzolarining majburiyatlari ham mavjud.
Yosh oʻqituvchil arga metodik yordam uyushtirish, fan oʻqituvchil arining metod 
birlashmasi, metod kengashi oʻtishini doimiy ravishda tashkillashtirib borish, DTS talablari 
doirasida oʻqitish sifatiga eʻtibor berish, metod birlashma ish rejasini tuzish va uning bajarilishini 
nazorat qilish, ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirish, olib borilgan ishlar xususida metod kengash 
yoki pedagogika kengashida hisobot berish, taqvim-mavzu rejalarining tuzilishi va bajarilishini 
nazorat qilish ijodiy hisobotlar, ochiq darslar, metodik kunlar, metodik oylik, dekadalarni 
tashkillashtirish, malaka oshirish uchun buyurtmalar berish va malaka oshirishga oid takliflar 
tayyorlash, maktabning Pedagogika kengashida, metodik seminarlarda metod birlashma 
ishtirokini faollashtirish metod birlashma rahbarining majburiyatlari hisoblanadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling