Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklari quyidagi tartibda o‘tkaziladi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklari quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 
T/r 
Fan va yo‘nalishlar nomi 
O‘tkazish 
muddati 
1. 
Boshlang‘ich ta’lim 
sentabr 
2. 
Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili 
oktabr 
3. 
Rus va xorijiy tillar 
noyabr 
4. 
Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari) 
dekabr 
5. 
Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) 
yanvar 
6. 
Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) 
fevral 
7. 
Geografiya va iqtisodiyot 
mart 
8. 
Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachil ik, musiqa madaniyati, 
texnologiya) 
aprel 
9. 
Jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik 
may 
 
Metod birlashma hujjatlari. 
Metod birlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar boʻlishi shart: 
Metod birlashma aʻzolari haqida maʻlumot. 
ish rejasi; 
hisobotlar; 
yigʻilish bayonnomalari
6.2. Uzluksiz kasbiy rivojlanish, mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, 
uslubiy asoslari.
Mustaqil malaka oshirish – uzluksiz taʻlim tizimining hamma boʻgʻinlarida muntazam 
amalga oshiriladigan, har bir rahbar va mutaxassis pedagogning bilim va koʻnikmalarni tezkorlik 
bilan mustaqil ravishda chuqurlashtirish, yangilash va madaniy saviyalarini kengaytirishga 
yoʻnaltirilgan faoliyatdan iborat. Mustaqil malaka oshirish va taʻlim olish uchun taʻlimning 


92 
yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha pedagog kadrlarning 
malakalari tizimli ravishda oshirib boriladi. Maktablarda ilgʻor pedagogik texnologiyalardan 
foydalangan holda ilmiy-metodik seminar va trening mashgʻulotlari tashkil etiladi, shuningdek, 
tajriba almashiniladi. Ustoz-shogird tizimi takomillashtiriladi. Mazkur ishlar maktab Ustavi, 
yillik ish rejasi va metod birlashma rejalarida aks ettiriladi, shu bilan birga ularda qoʻyilgan 
vazifalarning ijrosi nazorat qilinadi. 
Taʻlim muassasasi rahbari tegishli xodimlar bilan birga chet el tajribalari va ilgʻor 
pedagogik texnologiyalar asosida dars oʻtayotgan oʻqituvchil arning tajribalarini oʻrganadilar, 
ularni umumlashtiradilar va tuman (yoki shahar)da ommalashtirish boʻyicha barcha tegishli 
hujjatlarni tayyorlaydilar. Oʻqituvchil arni malaka oshirishga yuborish oldindan rejalashtiriladi. 
Malaka oshirib kelgan oʻqituvchil arning hisoboti oʻz vaqtida metod birlashma va pedagogik 
kengashda tinglanadi hamda ularga ochiq darslar tashkil etib boriladi. Maktabning oʻquv-
tarbiyaviy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari va metod birlashma rahbarlari oʻqituvchil arning 
oʻz ustilarida ishlash rejasi boʻyicha amalga oshirayotgan faoliyatini ham oʻrganadi, unda taʻlim-
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda mavjud boʻladigan kamchil ik va muammolarni aniqlaydi, 
ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy va metodik yordam koʻrsatadi.
Mustaqil malaka oshirishning maqsadi – rahbar xodim va pedagoglarning oʻz lavozimlari, 
mutaxassisligi, oʻqitish metodikasi boʻyicha bilimlarini kengaytirish, pedagogika, psixologiya, 
maʻnaviyat va boshqa yoʻnalishdagi nazariy hamda amaliy bilimlarini yangilash, ilgʻor tajribani 
oʻrganish va qoʻllash, takomillashtirish, oʻz ilgʻor tajribasini yaratishdan iborat jarayondir.
Maktabda uzluksiz malaka oshirishning asosiy tashkiliy shakli pedagog kadrlarning yakka 
tartibda shaxsiy dasturi (ish rejasi) asosida uzluksiz mustaqil malaka oshirishlari hisoblanadi. 
Doimiy rivojlanish, oʻz shaxsini takomillashtirish jarayoni koʻpchil ik tadqiqotchil arning diqqat-
eʻtiborini tortmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2021 yildagi «Xalq taʻlimi sohasidagi 
ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy 
qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4963-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan malaka oshirish tizimida taʻlim maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib 
chiqqan holda oʻquv jarayonini tashkil qilish, boshqaruv va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash 
va uzluksiz malakasini oshirish uchun taʻlim dasturlarini innovatsion yondashuvlar asosida 
doimiy yangilab borilishi belgilandi. Unga koʻra oliy taʻlim tizimida malaka oshirish quyidagi 
shakllarni oʻz ichiga oladi:
mustaqil malaka oshirish; 
muqobil malaka oshirish; 
institut yoki fakultetlarda bevosita oʻqish. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling