Oʻqituvchil arning uzluksiz malaka oshirish faoliyatini boshqarish bilan quyidagi
vazifalar hal etiladi:
- oʻqituvchil arga uzluksiz malaka oshirish faoliyati davomida olgan bilimlar asosida ish
faoliyatini tashkillashtirishda innovatsion texnologiya elementlaridan toʻgʻri foydalanish
imkoniyatini yaratish;
- uzluksiz malaka oshirish faoliyatini boshqarish orqali oʻqituvchiga keyingi faoliyatini
toʻgʻri rejalashtirish, nazariy bilimi, amaliy koʻnikma va malakalarini mustaqil taʻlim asosida
mustahkamlab borish uchun yangi maʻlumotlarga ega boʻlishiga imkoniyat yaratish;
- uzluksiz malaka oshirish faoliyatini boshqarish asosida oʻqituvchil ar malaka oshirish
faoliyatlarini toʻliq nazoratga olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Oʻqituvchil arning uzluksiz malaka oshirish faoliyatini boshqarish orqali amalda ularning
oʻzlashtirgan va oʻzlashtirishi lozim boʻlgan nazariy bilimi, amaliy koʻnikma va malakalari
darajasini tahlil qilish imkoniyati hamda taʻlim jarayoni samaradorligini oshirish asosida
uzluksiz malaka oshirish faoliyatining uslubiy asosi yaratiladi.
Zamonaviy pedagogning innovatsion faoliyati hamda kasbiy oʻzini-oʻzi rivojlantirishining
natijalari boʻyicha rahbar va metodistlar uchun muhim masalan: pedagogning innovatsion
faoliyati va kasbiy oʻzini-oʻzi rivojlantirish natijasi nimadan tashkil topishi mumkin? Bunday
natijalarga:
pedagogik faoliyatning individual uslubi, mualliflik dasturlari, metodikalari va
texnologiyalari;
oʻqituvchining metodik, psixologik, tadqiqiy, pedagogik, texnologik madaniyati, eng
muhimi esa – muallifli pedagogik – didaktik, tarbiya va metodik tizimlari kiradi.
Oʻqituvchining kasbiy oʻzini-oʻzi rivojlantirish bosqichlari:
Birinchi bosqich – oʻqituvchi oʻz faoliyatining muvaffaqiyati shaxsiy rejalarini hayotga
tadbiq etishga bogʻliq-ligini anglab etadigan darajada oʻz oʻrnini topishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |