4-mavzu: xodimlarni boshqarish tizimi


Download 53.48 Kb.
bet1/12
Sana23.02.2023
Hajmi53.48 Kb.
#1224574
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 МАВЗУ Xodimlarni boshqarish


4-MAVZU: XODIMLARNI BOSHQARISH TIZIMI


Reja:
4.1. Xodimlarni boshqarish tamoyillari va uslublari
4.2. Xodimlarni boshqarish xizmati vazifa va funksiyalari
4.3. Xodimlarni boshqarishning chet el tajribalari


4.1. Xodimlarni boshqarish tamoyillari va uslublari. Xodimlarni boshqarish quyidagi qoidalarga asoslanadi:
1. Xodimlarni rejalashtirishni korxonani rivojlantirish strategiyasi bilan uzviy aloqasini ta’minlash.
2. Xodimlar xarajatlarini miqdoriy baholash va uning ishlab chiqarish iqtisodiy ko‘rsatkichlarigata’siri.
3. Mehnat bozorida samarali ish olib borish uchun zarur kompensatsiyalarni anikdash.
Tamoyil (prinsip) — qaror qabul qilishda hisobga olinishi yoki amal qilinishi zarur bo‘lgan ilmiy asos, qoida hisoblanadi. Xodimlarga rahbarlik boshqaruv funksiyasi sifatida boshqa barcha funksiyalarni yagona birlikka birlashtirishi, muvofikdashtirishi, o‘zaro bog‘lashi, integratsiya qilishi kerak. Bunga xodimlar bilan ishlash tamoyillarini amalga oshirish orqali erishiladi.
Rahbar xodimlarni boshqarar ekan, o‘ziga bo‘ysunuvchilarga faqat buyruq berish bilan cheklanmasdan, ular kuch-g‘ayratlarini aniq maqsadga yo‘naltirib turishi, o‘z salohiyatlarini namoyon eta olishlariga ko‘maklashish atrofida maslakdoshlarini birlash-tirishi, ya’ni xodimlarga rahbarlik qilish tamoyillaridan foydalanabilishi zarur. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • har bir xodimga u bajaradigan ish uchun mas’uliyatni yuklash;

  • har bir xodim kimga bo‘ysunishi va kimdan topshiriq olishini bilishi kerak;

  • xodimlarni boshqarish maqsadi. Zamonaviy rahbarlik belgilangan maqsadga erishish uchun xodimlar va ma’muriyat hamkorligini nazardatutadi;

  • rahbarning bevosita ishtiroki. Butun mehnat jamoasiga bosh bo‘lgan birinchi rahbar yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqarishni takomillashtirish va boshqa masalalarda shaxsan ishtirok etishi shart;

  • muvofiklik. Kadrlar siyosati ko‘zlangan maqsadga, tegishli mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Turli bosqich (bo‘g‘in)lardan iborat bo‘lgan boshqaruv tizimi boshqaruv turli bosqichlarini alohida rahbarlar yoki boshqaruv organ (apparat)lariga biriktirib qo‘yilishini taqozo etadi.
Yuqori bo‘g‘in rahbariyatining bosh vazifasi boshqaruv jarayoniga umumiy rahbarlik — turli funksiyalarni muvofiqlashtirish, tegishli bo‘linma va xizmatlar rahbarlarini tanlash, boshqaruv tizimi ishini tashkil etishdan iboratdir.

Download 53.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling