Markazlashtirish — korxona bo‘linmalari va xizmatlaridagi xodimlar funksiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funksiyalarini kuyi bo‘g‘inlar ixtiyoriga berish.
Boshqaruv me’yorlari — har bir bo‘g‘in rahbariga bo‘ysunuvchi xodimlar miqdorining oqilona bo‘lishi. Amaliyotda korxona yuqori bo‘g‘ini rahbarlariga bo‘ysunuvchi xodimlar 4 — 8 kishini, o‘rta bo‘g‘inda (funksiyali rahbarlar) — 8 — 20 kishini, quyi bo‘g‘inda (katta ustalar, usta-brigada boshliqlari) — 20 — 40 kishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Huquq va majburiyatlar mushtarakligi — bu korxona bo‘lin-malari va xodimlarning huquq va majburiyatlari mushtarak bo‘li-shini taqozo etadi.
Vakolatlarning chegaralanishi — bu tamoyilga ko‘ra, liniya rahbarlari mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashga oid qarorlar qabul qilinishini, funksiyali rahbarlar mazkur qarorlarni tayyorlashlari va ular ijrosini ta’minlashlari kerak.
Tejamkorlik — boshqaruv tashkiliy tuzilmasi uchun sarf-xarajatlar oqilona bo‘lishini anglatadi.
mumkin
Boshqaruv uslublari — ishlab chiqarishni boshqarish maqsadlariga erishish uchun xodimlarga b oshqaruv ta’sirini o‘tkazish vositalaridir. Odatda, boshqaruvning quyidagi uslublari farqlanadi:
I. Boshqaruvning ma’muriy uslublari. Bu uslub hokimiyatga, xodimlarga imtiyozlar berish va jazo choralari ko‘rishga asoslangan. Xodimlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning besh asosiy vositasi mavjuddir:
1. Tashkiliy ta’sir — korxona faoliyatini muvofiklashtirib turuvchi me’yoriy hujjatlar (korxona nizomi, jamoa shartnomasi, shtatlar jadvali, xizmat yo‘riqnomalari, ish o‘rnini tashkil etish qoidalari)ga asoslangan. Tashkiliy ta’sir yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan korxonalarda mehnat va ijro intizomi, pirovard ishlab chiqarish natijalari yuqori bo‘ladi va farmoyish ta’sirini qo‘llashga hojat bo‘lmaydi.
2. Farmoyish bilan ta’sir ko‘rsatish — boshqaruv maqsadlariga bevosita ma’muriy boshqarish orqali erishishga qaratilgan. Xodimlarga farmoyish orqali ta’sir ko‘rsatish vositalariga ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va ijro intizomi, mehnatni me’yorlash, ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga Qaratilgan rahbariyatfarmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalarini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |