4-mavzu: xodimlarni boshqarish tizimi
So‘roqnoma — eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo‘lib, xodimlarning fikr-mulohozalarini so‘roqnomalar orqali o‘rganishni ko‘zda tutadi. Faol kuzatuv
Download 53.48 Kb.
|
4 МАВЗУ Xodimlarni boshqarish
So‘roqnoma — eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo‘lib, xodimlarning fikr-mulohozalarini so‘roqnomalar orqali o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Faol kuzatuv — ish vaqtini xronometraj qilish maqsadiga qaratilgan. 4.2. Xodimlarni boshqarish xizmati vazifa va funksiyalari. Xodimlarni boshqarish muayyan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ko‘rish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon Quyidagilarni ko‘zda tutadi: xodimlar bilan ishlashning maqsadlari va asosiy yo‘nalish-larini aniqlash; qo‘yilgan maqsadga erishishning vosita, shakl va uslublarini aniqlash; qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish; belgilangan tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratqilish; xodimlar bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish. Korxona ishlab chiqarishining umumiy strategiyasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina xodimlarni boshqarish funksiyalariga aniqlik kiritish imkoni bo‘ladi. Xodimlarni boshqarish strategiyasi bilan tadbirkorlik strategiyasini muvofiqlashtirish boshqaruvning asosiy funksiya-larini qamrab oladi va quyidagilardan iborat bo‘ladi: ishlab chiqarish maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish uchun korxona xodimlarini tanlash, yollash va shakllantirish; xodimlarni baholash; tashkiliy tuzilmani rivojlantirish hamda korxonada har bir xodim ijodiy faolligini namoyon etishga yordam beradigan ma’naviy muhitni yaratish; xodimlar salohiyatidan imkon boricha yaxshi foydalanish, mazkur salohiyatni rag‘batlantirish; korxonaning har bir xodim oldidagi ijtimoiy mas’uliyati kafolatini ta’minlash. amaliy jihatdan xodimlarni boshqarishning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: o‘z firmasi strategik va taktik maqsadlarini, bularni amalga oshirish yo‘llarini aniqbilish; oldini olish choralarini ko‘rish uchun mehnat bozori va o‘z jamoasidagi ahvolni bashorat qilish; mavjud kadrlar salohiyatini tahlil qilish va istiqbolni ko‘zlagan holda bu salohiyatni rivojlantirishni rejalashtirish; xodimlarni qiziqtirish, kadrlarni baholash va o‘qitish, joriy etilgan yangiliklarga xodimlar ko‘nikishiga ko‘maklashish, jamoada ijtimoiy qulay muhitni yaratish, xodimlarning psixologik jihatdan o‘zaro bir-birlariga mos kelishlari masalalarini hal etish va boshqalardir. Bu o‘rinda xodimlar bilan ishlashda an’anaviy vazifalar ham saqlanib qolishini ta’kidlash lozim. Xodimlarni boshqarish nazariyasida, odatda, sakkizta asosiy funksiyani bajaradi. Bular: 1) xodimlarga ehtiyojlarni rejalashtirish; 2) xodimlarni tanlash; 3) xodimlarni yollash; 4) xodimlarni rivojlantirish; 5) xodimlarni yo‘naltirish; 6) martaba; 7) xodimlarni baholash; 8) xodimlarni rag‘batlantirish. Bugungi iqtisodiyotda ushbu funksiyalar amal qilishi haqida keyingi boblarda batafsil bayon etiladi. Download 53.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling