Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Masalan: gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar, xorijiy tillar, boshlangʻich sinf
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Masalan: gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar, xorijiy tillar, boshlangʻich sinf
oʻqituvchil ari, estetik fanlar, sinfdan tashqari ishlar sinf rahbarlari metod birlashmalari kabilar. Maktabning har bir oʻqituvchisi oʻrindoshlikda ishlayotgan oʻqituvchi ham oʻz yoʻnalishi yoki fani boʻyicha metod birlashma aʻzosi boʻlishi shart. Fanlar yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan metod birlashmalar faoliyati oʻziga xos bir jarayon boʻlib, u fan taʻlimi samaradorligini oshirish, ilgʻor tajribali oʻqituvchil arning ish tajribalarini ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam berish, fan toʻgaraklarini tashkil etish, darslardan tashqari vaqtda turli tadbirlar oʻtkazish, darslik mualliflari, yozuvchil ar, kasb ustalari boshqa soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli koʻrik-tanlovlar va bellashuvlar oʻtkazadi. Shuning uchun har bir fan oʻqituvchisi oʻz fani boʻyicha amalga oshirishda taʻlim va tarbiya jarayonini toʻgʻri rejalashtirish, pedagogning oʻz mahoratini koʻrsatish uchun sharoit hosil qilish, ijodiy izlanishga undash, har bir metod birlashma rahbarlarining asosiy vazifalardan biridir. Metod birlashma ishi maktab pedagogika kengashi qarori asosida tashkil etiladi, uning ish rejasi metod kengash tomonidan tasdiqlanadi. Oʻqituvchil arning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirish, oʻquvchil arga beriladigan taʻlim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishini taʻminlash borasida oʻzaro tajriba almashish, oʻqituvchining darsiga, tarbiyaviy soatiga, darsdan tashqari tadbirlariga qoʻyiladigan yagona talablarni ishlab chiqish va taʻlim-tarbiya jarayonida tatbiq etilishini taʻminlash metod birlashmaning maqsadi hisoblanadi. Fanini oʻqitishga doir meʻyoriy va metodik hujjatlarni oʻrganadi, ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish, oʻqituvchil arning gʻoyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib borish, taqvimiy-mavzu rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish, nazorat materiallarini tasdiqlash, malaka oshirishga yuboradigan oʻqituvchil arni oldindan rejalashtirish, malaka oshirishdan qaytgan oʻqituvchil arning hisobotini metod birlashma yigʻilishlarida tinglash, ilgʻor oʻqituvchil ar ish tajribalarini ommalashtirish, DTS talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini bajarilishini taʻminlashda metodik yordam koʻrsatish, taʻlim muassasasida metodik taʻminotga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, oʻqitishning ilgʻor usullarini joriy etishni tashkil qilish, oʻzaro dars kuzatishni tashkil qilish, natijalarni tahlil qilish va mutaxassislarga amaliy yordam berish, ochiq darslarni tashkil qilish, ilgʻor pedagogik tajribalarga doir takliflarni oʻrganish, ommalashtirish, oʻquv jarayoniga oʻqitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, fan boʻyicha yangiliklarni qoʻllashga doir metodik koʻrsatmalar berish, nazorat turlariga doir metodik koʻrsatmalar beradi va ular asosida nazorat topshiriqlarini ishlab chiqishni tashkil etish, fan oʻqituvchil arining maʻnaviy va moddiy ragʻbatlantirishga tavsiya qilish, attestatsiya jarayonida oʻz xulosasini berish, fanlar boʻyicha maktab miqyosida oyliklarini, fan olimpiadalarining birinchi bosqichlarini, koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish fakultativ, toʻgarak ishlarni muvofiqlashtirish, fan boʻyicha iqtidorli ijodkor oʻquvchil arni aniqlaydi va ular bilan alohida ishlashni tashkil qilish Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling