Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- III Bosqich
- 1. Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish.
I Bosqich: Yuqorida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. II Bosqich: Tinglovchil arga fan toʻgaraklari haqida qanday malumotlarga egasiz? Nimalarni bilshni istaysiz? kabi savollar yozilgan daraxt barglari tarqatiladi. Har bir tinglovchi oʻz fikrlarini barglarga yozadi. Ular doskada chizilgan daraxtlarga ilinadi. Fikrlar umumlashtiriladi. 96 III Bosqich: Kichik maʻruza: “Davlat va huquq asoslari fanidan ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari” mavzusi bayon qilinadi. Oʻqituvchi tinglovchil ar ehtiyojini aniqlab olib, soʻng oʻzining kichik maʻruzasini boshlaydi. 1. Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish. Xalq taʻlimi vazirligi 2022-yil 25-avgustdagi “O‘qituvchilarning ilgʻor tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish taribini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 279-son buyrug‘ida ommalashirish aniq belgilab berilgan tartib boʻyicha amalga oshiriladi. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazi talabgorlarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ularni ommalashtirish bo‘yicha yagona ishchi organ hisoblanadi. Ilgʻor ish tajribalarni ommalashirish – bu talabgor tomonidan o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or ish uslublarini boshqarishga amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etish hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quv jarayoniga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or ish tajribalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda xalq taʻlimi tizimi xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘lgan jarayon ommalashtirishning maqsadi hisoblanadi. Talabgorning ilg‘or ish tajribalarno o‘rganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali amalga oshiriladi. Bunda talabgor maxsus platformada o‘ziga shaxsiy kabinet yaratadi hamda ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida elektron shaklda joylashtiradi. Tayyorlangan metodik ishni maktab miqyosida ommalashtirish uchun yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Metod birlashma talabgorni ishini metod birlashma a’zolari bilan ko‘rib chiqadi va zarur hollarda dars jarayonida sinovdan o‘tkazadi. Ushbu metodik ishga metod birlashma tomonidan ijobiy xulosa berilib, maktab miqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik kengashga tavsiya etiladi. Pedagogik kengash ijobiy xulosa olgan talabgorning ushbu metodik ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki rad etish bo‘yicha qaror chiqaradi. Talabgorning ilgʻor ish tajribasini tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shahsiy kabinetiga quyidagi hujjatlarni joylashtirishi lozim: talabgor tavsiya etgan ish tajribaning ta’lim miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilganligi to‘g‘risida pedagogik kengashi qarorining elektron (pdf) nushasi; ommalashtirishga uchun tavsiya etilgan ish uslubi aks etgan metodik materialning tegishliligicha elektron (pdf) nushasi, video mahsulotlar yoki ularning kombinatsiyasi yuklanadi. Talabgor tomonidan ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishga doir metodik mahsulotlar quyidagi ketma-ketlikda va muddatlardamaxsus platformaga joylashtiriladi; maxsus platformaga kirish; ommalashtirish menyusini tanlash; metodik mahsulotni yuborish uchun “tizimga kirish” tugmasi yordamida ro‘yxatdan o‘tish; talabgor birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish uchun ERP orqali o‘tish tugmasini bosish; talabgor telefon raqami va JSHSHIR raqamini kiritish; talabgor “yuborish”tugmasini bosadi va metodik mahsulotlari platformaga yuboriladi. Yuborilgan materiallar uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling