Uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari va bosqichlari:
- mutaxassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish;
- muqobil malaka oshirish;
- taʻlim dasturlari asosida oliy taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita oʻqish.
Mutaxassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish;
iqtidorli va isteʻdodli talabalar bilan ishlash;
ilmiy konferensiyalarda maʻruza bilan qatnashish;
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar eʻlon qilish;
ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish — zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, taʻlimning interaktiv metodlarini qoʻllagan holda akademik
guruhlarda jadval boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish va oʻrnatilgan tartibda keng muhokama
qilish.
Mavzuni FSMU interfaol usuli yordamida mustahkamlash
FSMU interfaol usuli yordamida mashgʻulotni oʻtkazish tartibi: - oʻqituvchi har bir
oʻquvchiga “FSMU” texnologiyasining toʻrt bosqichi yozilgan qogʻoz varaqlarini tarkatadi va
yakka tartibda ularni toʻldirishni iltimos qiladi. Bu erda:
- F — fikringizni bayon eting;
- S — fikringiz bayoniga sabab koʻrsating;
- M — koʻrsatgan sababingizni asoslovchi dalil keltiring;
- U — fikringizni umumlashtiring.
- oʻqituvchi oʻquvchil ar bilan bahs mavzusi (yoki muammo)ni belgilab oladi;
- yakka tartibdagi ish tugagach, oʻquvchil ar kichik guruhlarga ajratiladi va kichik
guruhlarga “FSMU” texnologiyasining toʻrt bosqichi yozilgan katta formatdagi kogʻozlarni
tarqatadi;
- kichik guruhlarga har birlari yozgan qogʻozlardagi fikr va dalillarni katta formatda
umumlashtirgan holda toʻrt bosqich boʻyicha yozishlarini taklif etiladi;
- oʻqituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa oʻrtasida ximoya qilishlarini
soʻraydi;
- mashgʻulot oʻqituvchi tomonidan muammo boʻyicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish
bilan yakunlanadi.
“FSMU” texnologiyasi asosida quyidagi tarzda topshiriq tayyorlanishi mumkin: Jamiyat
aʻzolarini sogʻlom, ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtirish uchun nima qilish kerak? Javobingizni
“FSMU” texnologiyasi asosida bayon qiling…
Do'stlaringiz bilan baham: |