93
olishni,
izchil likni, tasavvur rivojlangan boʻlishini talab eta borib, ularda aniq bir maqsadga
intilish,
ijodiy faollik, mustaqillik, mas’uliyat, mehnatsevarlik, imtizom
va tanqidiy fikrlash
hamda oʻzining ilmiy qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish koʻnikmalarini
rivojlantiradi. Oʻqituvchil arning mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish uzluksiz malaka oshirish
sohasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Uzluksiz malaka oshirish samaradorligini oshirish yoʻllaridan biri taʻlimning mulʻtimedia
vositalaridan oʻrinli foydalanishdir. Bu vositalardan - oʻtilgan materiallarni takrorlashda,
yangi
materialni bayon qilish, mustahkamlashda,
mustaqil ishlarda, vebinarlar oʻtkazishda, kontent
yaratish orqali mavzu mazmunini tushuntirishda samarali foydalanish mumkin. Uzluksiz malaka
oshirish tizimini tashkil qilishda kontentlardan foydalanish malaka oshirishning zamonaviy turi
hisoblanib, bunda kompʻyuter yordamida malaka oshirish jarayonini turli usullarda tashkil qilish
va oʻqituvchil arning malaka oshirish jarayonidagi koʻp holatlarini nazorat qilish mumkin
boʻladi. Kontentlar yordamida uzluksiz malaka oshirishni tashkil
etishda nazorat qilinadigan
parametrlar toʻplami keng boʻlib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: