88
6.1. Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari. Metodik
xizmat turlari va manblari, metod birlashmalarning vazifalari va ish mazmuni.
Metod birlashma - bu umumiy oʻrta taʻlim maktablarida
uzluksiz metodik xizmat
tizimining bir boʻgʻini hisoblanib, oʻqituvchil arga metodik xizmatni amalga oshirish,
ularning
innovatsiya tajriba-sinov ishlari va taʻlim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini
muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi. Umumiy oʻrta taʻlim maktablarida fan metod
birlashmalariga uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish taʻlim-tarbiya jarayoning dolzarb ehtiyoj va
muammolarini aniqlab, pedagoglarning ehtiyoj talablari
asosida mahoratini oshirish,
rivojlantirish yoʻllarini belgilab olish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, targʻib qilish, taʻlim
samaradorligini oshirishda oʻqituvchiga amaliy yordam koʻrsatish, metodik taʻminotga boʻlgan
ehtiyojini
aniqlash, tahlil qilish, taʻlim sifatini oshirish va takomillashtirishga oid tavsiyalar
yaratish kabi jarayonlarni oʻz ichiga oladi Uzluksiz metodik xizmat yoʻnalishida olib
borilayotgan ishlarni izchil yoʻlga qoʻyish, bu boradagi mavjud kamchil
iklarni bartaraf etish
maqsadida uning tuzilmalari meʻyoriy hujjatlar bilan takomillashtirib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: