Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Mulʻtimediya texnologiyalarining afzalliklari va alohida xususiyatlarini sanab


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Mulʻtimediya texnologiyalarining afzalliklari va alohida xususiyatlarini sanab 
oʻtamiz:
- turli xil koʻrinishdagi katta xajmdagi axborotlarni bitta diskda saqlash imkoniyati 
mavjud (bir necha bobli matnlarni, minglab yuqori sifatli tasvirlarni bir necha soatli filʻm va 
roliklarni hamda tovushli axborotlarni); 
- sifati saqlangan holda ekranda tasvirlarni qismlarga ajratish yoki ularni eng qiziq 
hamda kerakli qismlarini kattalashtirish imkoni mavjud;
- grafiklar, tasvir va rasmlarni qiyosiy tahlil qilish, ularning koʻrsatgichlarini hisoblash, 
ilmiy yoki oʻrganish maqsadida dasturiy vositalar yordamida ishlov berish imkoniyati;
- tasvir yoki tasvirni yoritish maqsadida foydalanilgan matn hamda boshqa 
koʻrsatilayotgan axborotdan kalit soʻzlarni yoki tasvirni kerakli qismini maʻlumot olish hamda 
tushuntirish uchun kerakli axborotni ajratib olish imkoniyatlari mavjud; 
- statik yoki dinamik tasvirga monand uzluksiz musiqa hamda boshqa audio taʻminotini 
olib borish imkoniyati
- «stop-kadr» (kadrni toʻxtatish) ish tartibidan foydalanib videoyozuv lavhasidan 
foydalanish imkoniyati;
- global Internet tarmogʻiga ulanish hamda uning resurslaridan foydalanish imkoniyati 
mavjud;
- grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan 
shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Yuqorida sanab oʻtilgan afzallik va 
xususiyatlardan tashqari yana koʻpgina imkoniyatlar ham mavjud, jumladan, tasvirni yaxlit yoki 
bir qismini avtomatik ravishda koʻrish, tanlangan joyini saqlab qolish va belgilab qoʻyishlardir.
Mulʻtimediya tizimlarini paydo boʻlishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-
fanda, taʻlimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng koʻlamda tadbiq etilishiga turtki boʻldi. 
Axborot texnollogiyalarining mulʻtimediya vositalari oʻquv jarayonida quyidagi eng muhim 
jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir: 
- differensial va individual oʻqitish jarayonini tashkil qilishi;
- oʻqish jarayonini baholash, teskari aloqa bogʻlashi;
- oʻzini-oʻzi nazorat qilish va tuzatib borishi; 
- oʻrganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini koʻrsatishi; 
- fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompiyuter va axborot 
texnologiyalardan foydalanishi;
- oʻquvchi–taʻlim oluvchil arga fanni oʻzlashtirish uchun strategik koʻnikmalar hosil 
qilishdan iborat.


84 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling