Samarqand viloyatining geoekologik holati va uni yaxshilash masalalari”


Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi


Download 446.84 Kb.
bet6/8
Sana11.01.2023
Hajmi446.84 Kb.
#1087812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi

1.3. Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi
Viloyatda tabiiy geografik sharoitdan kelib chiqqan holda tuproqlar tekislikdan tog’ va tog’oldi hududlar tomon o’zgarib boradi. Asosan bo’z tuproqlar keng tarqalgan. Bo’z tuproqlar dengiz sathidan 200 m dan 1400 m gacha bo’lgan joylarda uchraydi. Bo’z tuproqlarni hosil qiluvchi ona jinsi lyoss va lyossimon yotqiziqlardan iborat. Mazkur jinslar delyuvial, prolyuvial va allyuvial suv yotqiziqlari hisoblanadi.
Och tusli bo’z tuproqlar mintaqaning cho’lga yondosh qismida, dengiz sathidan 300-600 m balandlikda tarqalgan. Bu tuproqlar Nurota va Zarafshon tog’ tizmalarining qiya tekisliklarida uchraydi. Och tusli bo’z tuproqlar lyoss va lyossimon qumoq ustida paydo bo’lgan. Bu tuproqlar tipik bo’z tuproqlarga nisbatan gumus va umumiy azotni o’zida kamroq saqlaydi. Och tusli bo’z tuproqlarning morfologik tuzilishida ustki qismi mayda ildizchalar bilan qoplangan 3-5 sm qalinlikdagi chimga sarg’ish rangli gorizont A1 bor. Chim osti gorizonti A2 bo’lib 8-10 sm. Qalinligi 10-12 sm bo’lgan B gorizonti yanada ochroq tusda, bir oz qo’ng’ir [26].
Sug’orilib kelinayotgan och tusli bo’z tuproqlarning sho’rini ketkazish uchun yerni tekislash, sug’orish meyorlariga amal qilish, tuproqning sho’rini yuvish, zovurlarni qazish, ekinlarni almashib ekishni to’g’ri joriy qilish, ekin maydonlari, gidrotexnik inshootlar atrofida ixota daraxtzorlarini barpo etish lozim. Ana shu tadbirlar amalga oshirilsa, sho’rlanish xavfi oldi olinadi va tuproq unumdorligi oshishiga sabab bo’ladi.
Tipik bo’z tuproqlar viloyatning dengiz sathidan 400-500 m dan 600-800 m gacha balandlikda uchraydi. Bu turdagi tuproqlar Nurota tog’ tizmalarining shimoliy tarmoqlari bo’lgan Oqrog’ Qoratog’ va janubiy qismidagi Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq tog’oldi tekisliklarining o’rta hamda yuqori qismlarida, Zarofshon daryo vodiysining yuqori va o’rta terrasalarida, qisman adirlarda va past tog’ oldilarida tarqalgan. Tipik bo’z tuproqlar tarqalgan tumanlarning iqlimi och tusli bo’z tuproqlar iqlimiga nisbatan ancha yumshoq va seryog’in bo’ladi. Yillik yog’in miqdori 300-500 mm ni tashkil qiladi [7].
Tipik bo’z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha bo’lib, genetik gorizontning yaxshi ko’rinib turishi, chirindi qatlamining bir oz qalinligi (12-15 sm) och qo’ng’ir rangda bo’lishi bilan ajralib turadi. A-gorizontning qalinligi 4-6 sm o’simlik ildizlari ko’p tangasimon tuzilishga ega. Chimli qatlamdan pastdagi B gorizonti 40-50 sm qalinlikda bo’ladi. Undan ham pastda tuproq ona jinsi lyosslardan iborat qatlamdan iborat.
Tipik bo’z tuproqlarda chirindi miqdori 2,5-3 % atrofida bo’lib, azot, fosfor, va kaliy miqdori och tusli tuproqqa qaraganda ko’proq bo’ladi. Shuning uchun bu tuproqlar tarqalgan hududlarda qadimdan dehqonchilik yaxshi rivojlangan.
To’q tusli bo’z tuproqlar viloyatning shimoliy qismida Nurota tog’ yonbag’irlarida uchraydi.
Cho’l zonasiga xos sur qo’ngir, taqirli tuproqlar va tub sho’rxoklar hududning janubiy-g’arbiy qismlarida tarqalgan.
Bo’z-o’tloqi, o’tloqi-allyuvial tupqorlar asosan viloyatnig markaziy qizmida Zarafshon daryosining qayirlarida va terassalari uchun xos [32].
Viloyatning sug’oriladigan qismida chirindi miqdori 1-2% bo’lgan madaniy o’tloq-voha tuproqlari tarqalgan. Madaniy tuproqlarning rivojlanishi insoniyat taraqqiyoti tarixi, sug’orish dehqonchiligi, gidrotexnik, meliorativ, agrotexnik tadbirlar bilan bevosita bog’liq. Zarafshon daryosining yuqori qayirlarida esa qadimdan sug’oriladigan bo’z tuproq taraqqiy etgan. Daryoning quyi qayirlarida grunt suvi yer betiga yaqin joylashgan hududlarda botqoq-o’tloq tuproqlar rivojlangan. Bazi joylarda bu tuproqlar sho’rlangan [19].

Download 446.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling