Samarqand viloyatining geoekologik holati va uni yaxshilash masalalari”


Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)


Download 446.84 Kb.
bet3/8
Sana11.01.2023
Hajmi446.84 Kb.
#1087812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Magistrlik dissertatsiya ishini yozishda ko’plab adabiyotlardan foydalanildi. Ulardan mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilishda kerakli ma’lumotlar olindi. Jumladan A.Rafiqovning “Geoekologik muammolar”, E.Qodirov va boshqalar tomonidan nashr etilgan “Tabiiy mihitni muhofazalashning geoekologik asoslari” nomli o’quv qo’llanmalarida tabiat va jamiyatning o’zaro munosabati, qadimdan to hozigi kungacha antropogen omillar ta’sirida atrof muhitda bo’layotgan geoekologik muammolar aniq misollar bilan ifodalangan. Shuningdek, inson faoliyati natijasida hosil bo’lgan landshaft turlari va ularni baholash ishlari bayon etilgan Sh. Zokirovning “Landshaftshunoslik asoslari” hamda “Antropogen va amaly landshaftshunoslik” o’quv qo’llanmalari tahlil qilindi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Magistrlik dissertatsiya ishida tarixiy, kartografik, matematik statistika, qiyosiy-tahlil, geografik umumlashtirish, kuzatuv, geografik baholash, landshaft ekologik va boshqa metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Magistrlik dissertatsiyasining natijalaridan Samarqand viloyati hududida joylashgan obyektlarni va texnogen landshaftlarni atrof muhitga ta’sirini kamaytirish, tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda geoekologik muommolarini kamaytirish yoki oldini olish ishlarini rejalashtirishda foydalanish mumkin. Dissertatsiya materiallaridan o’quv jarayonida foydalanish mumkin. Jumladan, magistrlik dissertatsiyasida olingan natijalar undagi ilmiy-amaliy xulosalardan O’zMUda 5140600 – Geografiya yo’nalishi talabalariga “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari”, “Landshaftshunoslik” kabi fanlarni o’qitishda qo’shimcha material sifatida foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan.

I-BOB. SAMARQAND VILOYATIGA TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF


1.1. Geografik o’rni, geologik tuzilishi va relyefi
Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil etilgan viloyatlardan hisoblanadi. Ushbu viloyat respublika hududuning markaziy qismida, Zarafshon daryosining o’rta oqimi havzasida joylashgan. Hudud ma’muriy jihatdan g’arb va shimoli-g’arbda Navoiy viloyati shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan chegaradosh (1-rasm).


Download 446.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling