Samarqand viloyatining geoekologik holati va uni yaxshilash masalalari”


Download 446.84 Kb.
bet5/8
Sana11.01.2023
Hajmi446.84 Kb.
#1087812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi

2.2. Iqlimi va ichki suvlari
O’zbekiston Yevrosiyo materigining markazida okeanlardan uzoqda berk havzada joylashgan. Uning bunda geografik o’rni quyoshdan ko’proq radiatsiya kelishini ta’minlaydi.
Quyosh nurining yer yuzasiga ko’p yoki kam kelishini va uning taqsimlanishi eng avvalo nurning qanday burchak ostida tushishiga va kunning uzun-qisqaligiga bog’liq. Bular esa o’z navbatida joyning geografik kengligiga va yil fasillariga bog’liq ravishda o’zgaradi. Quyosh nur sochib turadigan soatlar miqdori quyosh ufqdan yuqorida turgan soatlar miqdoriga nisbatan kam bo’ladi. Shuning uchun tekislik va tog’lik hududlarda tafovutlar kuzatiladi.
Mamlakatimizda shimoliy va g’arbiy tomonlari orografik to’siq yo’qligi uchun shu tomondan O’zbekistonga qishda sovuq havo massalari bemalol kirib kelib, havo haroratini pasaytirib yuboradi va bizning hududimiz kengliklariga xos bo’lmagan sovuqlarga sabab bo’ladi. Yurtimizda havo haroratining yillik ampilitudasi qo’shni hududlardagiga nisbatan ancha katta ko’rsatkichni tashkil qiladi.
Samarqand viloyatining iqlimi keskin kontinental, yilning 300 ga yaqin kunida quyosh charaqlab turadi, yoz kunlarining uzunligi 15 soatgacha yetadi.
Viloyat hududining janubiy g’arbiy qismi asosan tekisliklardan iborat bo’lganligi uchun namlik darajasi tog’ va tog’oldi qismlariga nisbatan tabiiy namlik ancha past.
Viloyatning iqlimi yozda jazirama issiq va quruq, qishda sovuq bo’lib, yog’in kam kuzatiladi. Lekin viloyat hududi janubiy kengliklarda joylashganligidan, qisman bo’lsada shimoldan, shimoli-sharq va sharq tomondan tog’lar bilan o’ralganligi uchun qishda havo haddan tashqari sovib ketmaydi. Yanvar oyining o’rtacha harorati -00 -1,30 C bo’ladi. Ba’zan Arktika havo massasi kirib kelganda eng past harorat -240 -350 C gacha pasayadi. Yozda esa, aksincha havo ochiq bo’lib, juda isib ketadi. Shuning uchun iyul oyining o’rtacha harorati 26-280 C atrofida bo’ladi, eng yuqori harorat esa 40-440 C ga yetadi. Hududga bahor va kuzda ba’zan Arktika havo massalari kirib kelib, havo sovib ketadi. Bahorda bo’ladigan oxirgi sovuqlar taxminan mart oyining uchinchi o’n kunligiga, kuzgi birinchi sovuqlar esa oktyabr oyining uchinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi, bir yilda 213-215 kun sovuq bo’lmaydi. Xarorat + 10 0 C dan yuqori bo’lgan kunlar soni 212-215, vegitatsiya davridagi ijobiy haroratlarning yig’indisi esa 4300 0 - 5050 0 ni tashkil etadi. Mutloq yuqori harorat ham pastroq, asosan 420 C atrofida bo’ladi.
Yillik yog’in miqdori hududning tekislik va tog’ oldi mintaqalarida 300-400 mm bo’lib, tekisliklarga nisbatan 2-3 hissa ko’pdir. Viloyat hududida yog’in miqdori kam bo’lib, garbdan sharqqa qarab ortib boradi, yillik yog’in 177 mm ni tashkil etadi. Yillik yog’inning ko’p qismi asosan bahor va qish fasllariga to’g’ri keladi, yozda 2,0-4,0 foiz yog’in yog’adi. Yog’inning bir qismi qor tarzida tushadi, lekin haroratning yuqori bo’lishi tufayli qor qoplami uzoq turmaydi, tez erib ketadi. Qishda qor qoplami o’rtacha 7-15 sm qalinlikda bo’lib 15-20 kun erimay turadi. Viloyatda shimoldan, shimoli-g’arbdan va shomoli-sharqdan yil bo’yi shamollar esib turadi. Shamolning o’rtacha tezligi sekundiga 2,0-2,2 m ga teng. Hududning g’arbiy qismlarida shamolning tezligi bahor va yoz oylarida ortsa, kuzda kamayadi, sharqiy qismida esa bahorda shamolning tezligi ortib boradi, qishda sustlashadi [8]. Bunga asosiy sabab viloyatning sharqiy qismini shimoldan baland tog’lar bilan o’ralganligi uchun shimoliy va shimoli-sharqiy shamollarning yo’lini qishda to’sib qolishidir.
Viloyatning asosiy daryosi Zarafshon bo’lib, u Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi va Amudaryoga 20 km yetmasdan Sandiqli va Eshakchi qumlari orasiga singib ketadi. Shu masofada uning uzunligi 781 km, havzasining kattaligi 43 ming kv / km ni tashkil etadi. Shundan faqat 12,3 ming kv / km bo’lgan tog’li qismida suv yig’iladi. Daryoning yirik chap irmog’i Fandaryo qo’shilgach, Zarafshon nomi bilan ataladi. Zarafshon daryosi tog’li qismida sekundiga 15-17 m tezlikda oqadi. Shu joydan daryoga 200 ga yaqin irmoqlar qo’shiladi. Mazkur irmoqlarning eng yiriklari chapdan qo’shiluvchi Fandaryo, Kishtutdaryo va Mag’iyondaryodir. Qolgan irmoqlari kichik. Zarafshon daryosini Panjakent shahridan o’tgandan keyin, doimiy oqadigan irmog’i yo’q. Lekin sug’orish natijasida suvi kamayib, Zarafshon daryosiga quyilmaydigan 120 ta soy bor. Shu soylarning 50 tasi Nurota-Oqtog’dan qolgani Qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog’laridan boshlanadi. Bu soylarning eng muhimlari Zarafshon tizmasidan boshlanuvchi Urgutsoy, Omonqo’tonsoy, Kamangaransoy, Og’alisoy, Sazagansoy, Oqsoy va Nurota-Oqtog’dan boshlanuvchi To’sinsoy, Oqtepasoy, Tasmachisoy, Langarsoy, Ko’ksaroy va boshqalar sug’orishga ishlatiladi.
Zarafshon daryosi viloyat hududida sekin oqib, kengligi 3-4 km keladigan qayirlar hosil qilgan. U Samarqand shahridan 8 km o’tgach, Oqdaryo (uzunligi 130 km) va Qoradaryo (uzunligi 127 km) nomi bilan ikki tarmoqqa bo’linadi. Navoiy viloyatining Xatirchi qishlog’ida yana birlashib, orasida hosildor Miyonkol orolini hosil qiladi. Orolning uzunligi 100 km, kengligi 15 km, maydoni esa 1200 kv. km dir. Zarafshon daryosi Xatirchi qishlog’idan o’tib g’arbda Xazar yo’lagidan oqadi, bu qismida uning o’zani yana torayadi, oqimi esa tezlashadi. Xazar yo’lagidan o’tgach Zarafshon daryosi Buxoro vohasida sekin ilonizi shaklida oqib, kengayib, bir nechta tarmoqlarga ajraladi va Buxoro deltasini hosil qiladi.
Zarafshon daryosi sersuv bo’lib, Zarafshon, Turkiston va Hisor tog’larida joylashgan umumiy maydoni 556, 7 kv km bo’lgan 424 ga yaqin muzliklardan va doimiy qorlardan suv oladi. Zarafshon daryosining yillik oqimini 100 foiz desak, shuning 65 foizi muz va qorlarning erishidan, 34 foizi qor suvlaridan va 1 foizi yomg’ir suvlaridan iborat. Shuning uchun Zarafshon daryosining suvi ayni yoz oylarida (iyul-sentyabr), qishloq xo’jalik ekinlari uchun suv kerak bo’lgan davrda ko’payadi. Bu oylarda Zarafshon daryosi yillik oqimining 61,1 foizini o’tkazadi. Eng kam suv sarfi (30-35 m 3 / sek) esa qish fasliga to’g’ri keladi. Suvi eng ko’paygan davr yozga to’g’ri kelib, iyulda ba’zan sekundiga 930 m 3 gacha suv oqizadi. Zarafshon daryosining o’rtacha yillik suv sarfi sekundiga 165 kub metrni tashkil etadi. Zarafshon daryosi yozda loyqalanib oqqanligi sababli hududning sug’oriladigan har gektar yeriga 10-20 tonnagacha loyqa keltiradi. Ushbu loyqa tarkibida fosfor va kaliy Amudaryo va Sirdaryoga nisbatan 1,5-2 marta ko’p bo’ladi [23]. Zarafshon daryosining suvi dekabr oyining oxirlaridan fevral oyining o’rtalarigacha muzlashi mumkin. Viloyatdagi soylar past tog’lardan boshlanib, erta bahorda erigan qor va yomgir suvlaridan to’yinadi. Yozda esa ularning suvi juda kamayib, ba’zilari qurib qoladi.
Soylarda ko’pincha yillik oqimning qariyb 50 foizidan ortig’i bahorga to’g’ri keladi. Natijada qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi sellarni ham vujudga keltiradi. Bahorda sel bo’lganda soylar to’lib oqadi. Tusinsoyning yillik o’rtacha suv sarfi sekundiga 1,5 m 3 bo’lsa, Kattasoyniki sekundiga 0,268 m 3 ni tashkil etadi. Ammo sel bo’lganda Tusinsoy suvi sekundiga 1,5 m 3 bo’lsa, Kattasoyniki esa hatto sekundiga 609 m 3 gacha oqadi. Bunday katta oqimlar natijasida qishloq xo’jalik maydonlarini, aholi turar joylarini, ko’prik va yo’llarni buzib vayron qilib, tuproqni yuvib, jarlarni vujudga keltiradi. Shuning uchun asosiy vazifa soy suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida bahorgi ortiqcha suvlarni hovuz, kichik suv omborlari qurib ushlab qolish, yozda ekin dalalariga oqizishdir. Hovuzlarda esa parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish mumkin. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko’ra viloyardagi 120 soyning 50 foizda o’rtacha 25 mln. m 3 suv sig’adigan hovuzlar qurilsa, 1 mlrd. 600 mln. m 3 sel suvlarini to’plab qolish imkoniyati tug’iladi.
Viloyatda suvdan oqilona foydalanish maqsadida bugungi kungacha suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra 8 ta suv ombori va 2 ta bosimli suv to’goni mavjud. Suv omborlarining ikkitasi sel suv ombori bo’lib, 6 tasi esa o’zanli suv omborlari hisoblanadi. Bu suv omborlardan har yili viloyatdagi 24 ming gektar maydonni suv bilan ta’minlaydi. Kattaqo’rgon suv ombori viloyatdagi yirik suv omborlardan biridir. Suv ombori Kattaqo’rg’on shahri yaqinidagi tektonik botiqda qurilgan. U Zarafshon daryosining irmog’i Oqdaryodan kanal orqali suv oladi. Vegitatsiya davrida ekin dalalarini sug’orish uchun foydalaniladi. Viloyatda yer osti suvlari bo’r, paleogen, neogen va antropogen davr yotqiziqlari orasida 90-100 m gacha bo’lgan chuqurliklarda uchraydi. Suvining tarkibida asosan sulfat-natriy va gidrokarbonat ko’p uchraydi [8]. Antropogen jinslari orasida uchraydigan yer osti suvlari 1-20 m chuqurliklarda uchrab, minerallashish xarakteriga ko’ra gidrokarbonatlidir.
Paleogen, neogen va antropogen yotqiziqlari orasida uchraydigan yer osti suvlari Zarafshon daryosidan, sug’orish tarmoqlaridan, zovurlardan va ekin dalalaridagi shimilgan suvlardan hamda atmosfera yog’inlaridan to’yinadi. Shuning uchun yer osti suvining sathi may-avgust oylarida ko’tarilib, oktyabr-aprel oylarida pasayadi. Chunki may-avgust oylarida ekin dalalari sug’oriladi. Ma’limotlarga ko’ra viloyat hududida har yili 914 mln. m 3 yer osti suvlari to’planadi. Uning asosiy qismi (52%) sug’orish shaxobchalaridan, qishloq xo’jalik maydonlaridan bo’ladigan shimilish hisobiga, 26 % Zarafshon vodiysining yuqori qismidan sizib kelish hisobiga, 10 % hududning o’zida daryodan shimilish hisobiga, 3 % atmosfera yog’inlaridan, 3 % atrofni o’rab olgan tog’lardan va 6 % Kattaqo’rgon suv omboridan sizib kelgan suvlar hisobiga to’g’ri keladi. Ushbu to’plangan yer osti suvlarining 50 % bug’lanishga, 30 % atrofdagi suvsiz qiya joylarga siljiydi, 10 % Zarafshon o’zaniga siljisa, qolgan 10 % Buxoro vohasi tomon harakat qiladi. Mazkur yer osti suvlari nisbatan chuchuk bo’lib, ularni nasoslar yordamida tortib olib, sug’orishda va maishiy kommunal xo’jalikda foydalanilib kelmoqda. Shu bilan birga Eski anhor kanali orqali Zarafshon suvi (Darg’om kanalidan) keyin Qashqadaryo viloyatini suv bilan taminlaydi. Zarafshon daryosining 90% sug’orishga sarflanadi [17]. Cho’l hududlarida qorako’l qo’ylarini boqish va ko’paytirish yo’lga qo’yilgan.
Kabi bir qancha sohalarda viloyat mamlakatimizda etakchi o’rinda turadi. Shuningdek tamaki etishtirishdan tashqari texnik ekinlardan kunjut, zig’ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Viloyatda bog’dorchilik va uzumchilik tarmoqlari yaxshi rivojlanganligi uchun mevali daraxtzorlar va tokzorlar maydoni boshqa ekin turlariga nisbatan ko’proq yetishtiriladi. Qishloq xo’jalik ekinlari etishtirishda umumiy hajmida viloyat statistik ma’lumotlariga ko’ra 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 53,6 % ni chorvachilik mahsulotlarining ulushi 46,4 % ni tashkil etgan. Respublika qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 12,9 %ni tashkil etadi. 2020-yilning yanvar-dekabr yakunlariga ko’ra qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulotlar umumiy hisobda 96,7% dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar, 3,0% o’rmon xo’jaligi, o,4% baliq xo’jaligi hissasiga to’g’ri keladi. Viloyatning tog’oldi va tekislik hududlari Nurobod, Qo’shrabod tumanlarida echki va qorako’l qo’ylari ko’paytiriladi. Viloyatda ushbu tarmoqlarning rivojlanishida hududning geografik o’rni va iqlimi bilan bevosita bog’liq.
Viloyatda foydali qazilma konlarga ham boy bo’lib volfram rudalari, oltin, binokorlik materiallari (marmar, ohak, granit, mergel, grafit), mineral bo’yoqlar va asbest konlari topilgan [25]. Viloyatning yuksalishida uning tabiiy va iqtisodiy geografik o’rnidagi qulayliklar qatori tabiiy sharoiti va boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi.



Download 446.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling