Samarqandning oʻsha paytdagi beki (hukmdori)


Samarqandda bo‘lib o’tadigan SHHT sammitidan nimalar kutilmoqda?


Download 410.63 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi410.63 Kb.
#1163055
1   2   3   4
Bog'liq
Buxoro o

Samarqandda bo‘lib o’tadigan SHHT sammitidan nimalar kutilmoqda?


SHHTning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitda mamlakat rahbarlari so‘nggi uch yilda birinchi marta yuzma-yuz yig‘iladi. Bu pandemiya davrida to‘planib qolgan ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilish uchun fursat va samarali imkoniyat bo‘ladi. Jahon siyosati va iqtisodiyotidagi jiddiy siljishlar sharoitida Samarqand sammitining ahamiyati yanada oshadi. Aytilishicha, unda tashkilot rivojlanishining kelajakdagi yo‘nalishlarini belgilaydigan asosiy qarorlar va bitimlar tuzilishi kerak.
Ta’kidlanishicha, SHHT blok emas, ko‘p qirrali hamkorlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi tashkilot bo‘lib, u hech qanday geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlamaydi, hech kimga qarshi harakat qilmaydi. Ushbu tamoyillar uning xartiyasida aniq ko‘rsatilgan. Tashkilotning shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li ushbu qoidalarga qat’iy rioya qilinayotganini tasdiqlaydi.

Sammitda 15 ta davlat rahbarlari va SHHT bilan hamkorlik qilayotgan 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etadi. O‘zbekiston 2021-yil davomida SHHTga raislik qilgan. Pragmatizm, dinamizm va tashabbuskorlik so‘nggi yillarda o‘zbek diplomatiyasining o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylandi. Mamlakat tashqi siyosati SHHT makonidagi “yirik”, “o‘rta” va “kichik” mamlakatlar manfaatlarini muvozanatlash imkonini berdi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu Toshkentga muhim ustunlik — SHHTga a’zo barcha davlatlarning ishonchini beradi, bu esa ushbu platforma orqali yirik mintaqaviy va global tashabbuslarni ishonchli tarzda ilgari surish imkonini beradi.
Download 410.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling