Samarqandning oʻsha paytdagi beki (hukmdori)


Download 410.63 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi410.63 Kb.
#1163055
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxoro o


Buxoro o‘zida qadimiy urf-odatlarning ko‘p asrlik tarixini Islom dini bilan mujassamlashtirdi. Hayratlanarli darajada donolik, muqaddaslik va ta’lim berish muhitiga ega bo‘lgan shahar. Bir marta ushbu shaharda bo‘lganingizda, o‘zingizni go‘yo boshqa dunyoda va boshqa sayyorada bo‘lgandek his etasiz. Madaniy, diniy, etnik sivilizatsiyalarning betakror aralashuvi Buxoroni unutilmas taassurotlar shahriga aylantirdi.
Buxoro viloyati hududida zardushtiylar, xristianlar, yahudiylar, buddistlar yashagan. 9-asr oxirida Buxoro O‘rta Osiyodagi eng muhim Islom va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Bir necha asrlar davomida bu yerga sayohatchilar, ziyoratchilar, va’zxonlar, tadqiqotchilar kelishgan. Buxoro – ilmiy, diniy va falsafiy bilimlar makonidir.
Bu yerda o‘z davrining din arboblari va ilg‘or insonlari yashab, tahsil olishgan: Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Al Buxoriy va boshqalar respublikaning haqiqiy boyligiga aylangan. Ular tasavvuf ma’naviy va falsafiy ta’limotlarining eng taniqli tarafdorlari edilar. Bu zaminda ular haqida xotiralar saqlanib qolgan. Ular moddiy va nomoddiy yodgorliklarni yaratdilar, kashfiyotlar qildilar, aql bovar qilmaydigan darajada go‘zal madrasa va masjidlarini qurdilar.
Birinchi tarixiy yozuvlar X asrda Narshaxiy tomonidan "Buxoro tarixi"da yozilgan. U o‘z asarida hozirgi kunda ham ko‘rish mumkin bo‘lgan qadimiy Ark qal’asini tasvirlab bergan. Samarqand singari Buxoro ham ko‘p asrlar davomida bitta bosqinchidan boshqasiga o‘tgan. Buxoroning har bir fuqarosi o‘z hukmdorlarini yaxshi eslaydi va biladi.
Samarqandning oʻsha paytdagi beki (hukmdori) Abusamxon edi. Nodirshoh Samarqandni juda oson egallab oldi, chunki uning qoʻshini yaxshi qurollangan va taʼminlangan edi, jumladan, oʻsha davrda Yevropada ham qoʻllanilayotgan zamonaviy oʻqotar qurollarga ega edi. Buxoro davlati qoʻshini soni Nodirshoh qoʻshinlari sonidan bir necha barobar koʻp boʻlsa-da, eronliklarning kuchli zambarak oʻqlariga toʻliq qarshilik koʻrsata olmadi va javob qaytara olmadi. Nodirshoh va uning qoʻshinlari Samarqandga kelishidan sal avval Abusamxon Qoʻqon xonligi xoni oldiga elchilar yuborib, undan yordam soʻragandi, ammo eronliklar tezda Samarqandga yetib kelib, Qoʻqon xonligidan yordam yetib kelmasidan avval shaharni egallab olishdi. Samarqand qoʻlga kiritilgach, Abusamxon va uning yaqinlari Nodirshoh buyrugʻi bilan qatl etiladi.

Samarqandni bosib olishda Nodirshoh qoʻshinlari ishlatgan zambarak


Nodirshoh Samarqandni juda oson egalladi. Shahar qoʻlga kiritilganidan biroz vaqt oʻtgach, Nodirshohga Samarqand shimoliga koʻp sonli samarqandlik qoʻzgʻolonchilar va Buxoro va Qoʻqondan kelgan qoʻshin toʻplangani haqida xabar qilinadi. U yerga Nodirshohning ishonchli sarkardalaridan biri Lutfalixon boshchiligida 20 ming kishilik qoʻshin yuboriladi. Yigirma minglik armiya yaqinlashayotganidan xabar topgan qoʻzgʻolonchilar toʻqnashuvdan qochib, shimolga chekinishdi. Ammo Lutfalixon qoʻshini kutilmaganda ularga yetib olgan va qoʻzgʻolonchilarni magʻlub etgan Samarqanddagi yakuniy va hal qiluvchi gʻalabadan soʻng shahar Nodirshoh qoʻshinlari tomonidan talon-taroj qilindi va vayron qilindi. Yuzlab samarqandliklar oʻz yurtdoshlarining eronliklarga qarshi kurashganligi uchun jazo sifatida oʻldirildi. Samarqandning bir qancha masjid va madrasalari talon-taroj qilindi. Ismoil Safaviydan farqli oʻlaroq, Nodirshoh Movarounnahrda shialikni keng targʻib qilmagan
Samarqand sayyoramizdagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina bilan tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Shahar har doim haqiqiy sharqona mehmondo‘stlikning chinakam namunasi bo‘lgani bilan ajralib turgan. Bu yerda bir necha millat vakillari doimo muammosiz yashab kelgan. Samarqandni odatda "Sharqiy Bobil" deb atashadi.
Unda go‘yo ulkan oynadagidek yo‘l aks etadi. Ko‘p avlodlar bosib o‘tgan yo‘l. Shaharning boy voqealari, yuksalishlar va pasayishlar, qimmatbaho topilmalar va eksponatlar, qadimiy obidalar dastlabki odamlar bu hududda ming yillar oldin yashay boshlaganliklarini tasdiqlashga imkon beradi.
Qadimgi afsonaga ko‘ra, Samarqand shahri tashkil etilganida (miloddan avvalgi VIII asrda) Zarafshon tog‘laridan qoplon kelib, shahar qurilishini ma’qullagan ekan. O‘shandan beri Samarqandda odamlar o‘zlarini qoplon bilan bog‘lashadi – ular xuddi o‘shanday mag‘rur, xuddi o‘shanday qat’iyatli va xuddi o‘shanday saxiydirlar.
Samarqand nomi so‘g‘d tilidagi Smr’kand so’zidan kelib chiqib, "tosh qal’a" yoki "tosh shahar" degan ma’noni anglatadi. Qadimgi davrlarda Samarqand eng qadimiy So‘g‘diyona davlatining poytaxti bo‘lgan va Afrosiyob deb nomlangan. Qadimgi yunonlar orasida va Rimda shahar Marakanda nomi bilan tanilgan. Iskandar Maqduniy davrida ham Samarqand obodonlashtirilib, ancha rivojlangan shahar bo‘lgan.
I
lk o‘rta asrlarda Samarqand Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 712-yilda shahar Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arablar tomonidan bosib olinib, Movarounnahr va Katta Xurosonning markaziga aylangan.
IX asrda Samarqand Somoniylar davlatining tarkibiga, X asr oxirida esa Qoraxoniylar davlatining tarkibiga kirgan. Bu davrda Samarqandda ulkan me’moriy inshootlar qurilgan bo‘lib, ularning ko‘p qismi, afsuski, Chingizxon tomonidan vayron qilingan. Keyin Samarqand mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron bo‘lgan Xorazmshohlar davlatining tarkibiga kirdi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelganida Samarqandda juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shahar yana poytaxtga aylandi, vayron bo‘lgan binolarni tiklash ishlari boshlandi va Samarqand yana o‘zining avvalgi ulug‘vor holatiga qaytdi. Temuriylar davrida Samarqand faol rivojlanib bordi, dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar va san’atkorlar bu yerga kelishga harakat qilishdi. Shaharda ilm-fan, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

XVI asrda Temuriylardan keyin Shayboniylar sulolasi keldi va shahar Buxoro xonligiga kirdi. XVIII asrdan boshlab Samarqandni Ashtarxoniylar boshqargan, Buxoro xonligi esa Buxoro amirligiga aylantirilgan. Uzoq davom etgan o‘zaro ichki nizolar tufayli Samarqand iqtisodiy inqirozga yuz tutgan. Shaharni tiklashga birinchi urinishlar 18-asrning o‘rtalarida Mang‘itlar sulolasi tomonidan amalga oshirilgan.


1868-yilda shahar rus qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Bir yil o‘tgach, Samarqand shahri tashkil etilgan Samarqand viloyatining ma’muriy markaziga aylandi. Qizig‘i shundaki, 1925-1930-yillarda Samarqand qisqa vaqt yana poytaxt bo‘ldi.
B
ugungi kunda Samarqand eng go‘zal va madaniyatga boy shahar bo‘lib qolmoqda. Boy tarixiga qaramay, shahar o‘ziga xosligi va betakror qiyofasini yo‘qotmagan.

Samarqandliklar mohir hunarmandlardir. Ular butun hayoti davomida qo‘shni xalqlarni o‘zlarining hunarlari, mahoratlari va ijodlari bilan hayratda qoldirganlar. Samarqandni Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining bebaho xazinasi deb atashadi. Bu yerda O‘rta asr me’morchiligining eng buyuk yodgorliklari – g‘oyat go‘zal me’moriy shakllar va rasmlar saqlanib qolgan bo‘lib, ularning har biri alohida e’tiborga loyiqdir. Biroq, Fred Barnard aytganidek: "Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzaldir." Shuning uchun Sharq Gavhari va qalb bog‘i – Samarqandga xush kelibsiz!



Download 410.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling