Samarqandning oʻsha paytdagi beki (hukmdori)


Download 410.63 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi410.63 Kb.
#1163055
1   2   3   4
Bog'liq
Buxoro o

Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qo'ngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016). Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud. 2022-yilning 15–16-sentabr kunlari ShHTga aʼzo davlat rahbarlarining tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻlgan Samarqand sammiti boʻlib oʻtgan.
Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Haydar as-Samarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
„Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha tahmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.

Vagonlarda havo harorati, yo‘nalish jadvali va tezlik haqida kompyuter tablosi orqali ma’lumot berib boriladi. Barcha...
“Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi... “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi Toshkent, SamarqandBuxoro, Qarshi temir yo‘l vokzallarida elektr ta’minoti qayta tiklanganligi bois, 2022 yil 26 yanvardan “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 765-sonli hamda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan har kuni harakatlanadigan soat ...
poyezdlarining qatnov elektr ta’minoti tiklanguncha qadar to‘xtatildi... Hurmatli yo‘lovchilar! 2022 yil 25 yanvar kuni Buxoro va Qarshi shaharlaridan Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob" tezyurar poyezdlarining qatnov elektr ta’minoti tiklanguncha qadar to‘xtatildi. Eslatib o‘tamiz, quyidagi poyezdlarning qatnov jadvali o‘zgarishsiz qoladi. Shu munosabat bilan siz ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan foydalanishingiz mumkin. Ushbu yo‘nalishlarga ...

Download 410.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling