Samarqandning oʻsha paytdagi beki (hukmdori)


Buxoroda ziyorat turizmi obyektlarini yaxshilash uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi


Download 410.63 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi410.63 Kb.
#1163055
1   2   3   4
Bog'liq
Buxoro o

Buxoroda ziyorat turizmi obyektlarini yaxshilash uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi
Prezident Buxoroda ziyorat turizmi obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetga 40 mlrd so‘m ajratish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Indoneziya, Malayziya, Hindiston va arab davlatlaridan aviareyslarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni O‘zbekistonning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida mamlakatning ziyorat turizmi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini gapirdi.
Xususan, Moliya vazirligiga Buxoroda ziyorat turizmi obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetga 40 mlrd so‘m ajratish topshirildi. Shuningdek, Turizm vazirligi oldiga ziyorat turizmi salohiyati yuqori Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab davlatlaridan Samarqand, Buxoro va Toshkentga aviareyslarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
«Mutasaddilarga mamlakatimizdagi 1,2 mingdan ziyod ziyoratgohlar imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, yiliga kamida 1 mln sayyoh jalb qilish dasturini tasdiqlashga ko‘rsatma berildi. Ziyoratga kelayotgan turistlarning mazhabi, tariqati, yondashuvi har xilligini inobatga olib, qaysi din yoki mazhab vakillariga qanday ovqatlar taklif qilishni, mehmonxona va ibodat joylarini qanday jihozlashni ilmiy yondashuvlarsiz qilib bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, majlisda muqaddas joylar, avliyo va pirlar haqida ma’lumot bera oladigan mutaxassislar va gidlar ham kamligi aytildi. Shu munosabat bilan Islom akademiyasi, «Ipak yo‘li» universitetiga ziyorat turizmi oqimi ko‘p bo‘lgan davlatlar uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirishda ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga hayfsan bergandi. Shuningdek, 14 ta tuman hokimini bugun ishdan olib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati berilishini aytgandi.


Download 410.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling