Samdti, Davolash fakulteti 4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida


Restriktiv kardiyomiyopatiya (RKMP)


Download 80.71 Kb.
bet20/23
Sana02.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#193357
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ffff

Restriktiv kardiyomiyopatiya (RKMP) nisbatan kam uchraydigan miyokard kasalligi bo'lib, u endokard  devorini qalinligi  o'zgarmagan xolatda diastolik hajmini pasayishi orqali  bitta yoki ikkala qorinchani to'ldirilishining buzilishi bilan xarakterlanadi. Miyokardning qisqaruvchanligi kasallikning dastlabki bosqichlarida ( fraktsiya vibrosa) odatda saqlanib qoladi. Qorinchalarning diastolik bo'shalishining buzilishi keng tarqalgan interstitsial fibrozning natijasidir.
Klinikasi. RKMP odatda tizimli noaniq alomatlar bilan boshlanadi - isitma, yo'tal va terida toshma kuzatiladi.  Kasallikning boshida rentgen tekshiruvida o'pkada infiltrativ o'zgarishlar bo'lgan pulmonit belgilari topiladi. Eng ko'p uchraydigan alomat miya arteriyasida takroriy tromboemboliyadir. Eozinofillalar neyrotoksinning granulalari chiqarishi natijasida polinevopatiya va ensefalopatiya ham kuzatiladi.

Asta-sekin, surunkali dimlangan  yurak etishmovchiligi belgilari doimiy gipereozinofiliya (80 - 90%), anemiya va qondagi spetsifik bo'lmagan yallig'lanish o'zgarishlar fonidagi klinik belgilar namoyon bo'ladi. Exokardiyografiyada vegetatsiyali  yuqumli endokardit,  atrioventrikulyar klapanlarning (mitral yoki trikuspidal) valvulit belgilari aniqlanadi. Bemorlarning yarmi kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lganidan keyin ikki yil ichida o'lishadi. O'limning asosiy sababi - bu progressiv nafas va yurak etishmovchiligi, buyrak va jigar etishmovchiligidir.


2. Seronegativ spondiloartrit klinikasi

3. Pulsoksimetriya
SamDTI, Davolash fakulteti

4- son  ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida

"Tasdiqlangan"

Kafedra mudiri,

v/b Xoljigitova M.B.

« » 20 yil

Bayonnoma №

Bilet №16



  1. Bexterev kasalligi klinika va diagnostikasi.

Аnkilozlovchi spondiloartrit (Shtryumpelь-Mari-Bexterev kasalligi) (АS) tana – skelet oʼqining asosiy (umurtqa, umurtqalararo, umurtqa-qovurgʼa, tos-chanoq) boʼgʼimlarini surunkali ankilozlovchi yalligʼlanish kasalligi boʼlib, seronegativ spondiloartritlar guruhiga kiradi. Koʼproq 20-40 yoshdagi erkaklar kasallanadi va 90-95 % bemorlarda HLA-B27 antigeni aniqlanadi. Uning rivojlanishida ikkita nazariya (retseptorli va molekulyar mimikriya) mavjud boʼlib, keyinchalik bemorrda immun yalligʼlanish jarayonlari rivojlanadi.




Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling