Samdti, Davolash fakulteti 4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida


Download 80.71 Kb.
bet18/23
Sana02.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#193357
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ffff

Etiologiyasi va patogenezi. Etiologiyasi nomaʼlum. Psoriatik artritni rivojlanishida sinovial membranani zararlanishi va yalligʼlanish rivojlanishiga olib keluvchi immunopatologik mexanizmlar muhim oʼrin tutishi aniqlangan. Ushbu artritni toʼqimalar mosligining HLA-B28, HLA-B27, HLA-B39, HLA-B17, HLA-B38 va boshqa qator antigenlar bilan assotsiatsiyasi tasdiqlangan. Qon zardobida umumiy va ionizirlangan kalьtsiyning kamayishi kuzatilgan.

Klinik manzarasi. Kasallik belgilari turli - tuman boʼlib, uning namoyon boʼlishi, yalligʼlanish jarayonlari darajasi va kechish xarakteriga bogʼliq.

Psoriazning yetakchi tashhisiy belgisi — terida psoriatik pilakchalarni mavjudligi hisoblanadi (16-rasm). Shu sababli eng avvalo juda muhim boʼlgan teri zararlanishini qisqa tasviri, uning xarakteri, kechishi haqidagi maʼlumot psoriatik artritni tashhislashda ahamiyatga ega va uni qisqacha bayon qilamiz. Teridagi jarayon papulez toshma tarzida namoyon boʼladi. Papula dumaloq shaklda, pushti rangli boʼlib, kumush – oq pilakchalar bilan qoplangan, qirtishlab olinganda stearin dogʼlar yuzaga keladi. Pilakchalar shoʼralaganda yoki ularni qirtishlaganda silliq, tiniq yupqa parda koʼrinadi, ular jarohatlanganda nuqtali qon ketish (qonli shudring simptomi) kuzatiladi. Teri toshmalari, aksariyat hollarda, boshning sochli qismi sohalari, tirsak va tizza boʼgʼimlari yoziluvchi yuzalarida, hamda qoʼltiq osti va chov sohalarda joylashadi. Baʼzi bemorlarda pustulez (yiringli) shakli rivojlanadi. Papulez shikastlanish ustiga pustulalar qavatlanishi yuzaga keladi. Faqat qoʼl va oyoq kaftining pustulez shikastlanishi (Barber psoriazi) kam uchraydi, biroq buni kasallikni qiyoslama tashhislashda eʼtiborga olish lozim. Boʼgʼimlar va umurtqa pogʼonasini ogʼir zararlanishlari psoriazning pustulez shaklida, kamroq psoriatik eritrodermiyada uchraydi.

Kasallik boshida qoʼl panjasining distal va proksimal falangalararo va tizza, kam hollarda kaft va plyusnofalang hamda yelka boʼgʼimlari shikastlanadi. Shikastlangan boʼgʼimlardagi ogʼriq karaxtlik bilan birga kechib, tinch holatda, tunda, erta tongda kuchayadi va kunduzi harakatlangandan keyin bir oz kamayadi. Boʼgʼim sindromi mono va oligoartrit koʼrinishida kechadi. Psoriatik artritda bitta barmoqning barcha boʼgʼimlari shikastlanishi va bukuvchi boylamlar tendovaginiti bilan birga kuzatiladi hamda boʼgʼim sosiska koʼrinishida boʼladi (17-rasm). Shikastlangan boʼgʼim terisi koʼkargan yoki toʼq siyoh rangini oladi.

Psoriatik artritda boʼgʼim sindromi bilan birga mushak va fastsial ogʼriqlar, toʼsh-oʼmrov, akromial – oʼmrov boʼgʼimlari va koʼz shikastlanishi (konʼyunktivit, iridotsiklit), axillo-bursit, tovonosti bursiti kam hollarda amiloidoz kuzatilishi mumkin.

Psoriazda umurtqa pogʼonasi zararlanishi sekinlik bilan roʼy beradi. Odatda ogʼriqlar kam bezovta qiladi, keyinchalik deformatsiya va harakatning cheklanishi yuz beradi. Psoriatik spondiloartritning klinik belgilari Bexterev kasalligidan farq qilmaydi. Umurtqa pogʼonasi barcha qismlari bir xilda zararlanadi, harakat cheklanadi, gavda tuzilishi buziladi, skolioz, kifoskolioz, bel lordoz tekisligi, boʼyin qismi lordozi koʼpayishi va boshqa oʼzgarishlar kuzatiladi. Teri shikastlanishi va distal falangalar artriti boʼlmaganda aksariyat hollarda Bexterev kasalligi deb notoʼgʼri tashhis qoʼyiladi.

 

Psoriatik artritning tashhisiy mezonlari:

         Qoʼl va oyoq panjasi distal falangalararo boʼgʼimining zararlanishi (zararlanishning gorizontal tipi);

         Bitta barmoqni kaft-falanga, plyus-falanga, proksimal va distal falangalararo boʼgʼimlarini bir vaqtni oʼzida zararlanishi, uni diffuz shishi (barmoqlarni «sosiskasimon» shakl olishi);

         Qoʼl panjasi birinchi barmoqlarining va oyoq bosh barmogʼi boʼgʼimining erta zararlanishi va uning koʼkarishi;

         Talalgiya - tovonda ogʼriq;

         Terida psoriatik tugunchalar mavjudligi, tirnoqlar zararlanishi («angishvona» simptomi, tirnoq plastinkasini xiralashishi, ularda tikka va koʼndalang chiziqlarni paydo boʼlishi) (18-rasm);

         Bemorni yaqin qarindoshlarida psoriaz mavjudligi;

         Revmatoid artritni aniqlanmasligi;

         Rentgenda - suyaklarning har xil oʼqli siljishi bilan kechuvchi osteolitik jarayonlar, periostal oʼzgarishlar, boʼgʼim oldi osteoporozi aniqlanmasligi, sakroileitning klinik - rentgenologik belgilari;

         Paravertebral kalьtsifikatsiyalarning rentgen belgilari.

Tashhis yuqoridagi mezonlardan uchtasi aniqlanganda ishonarli hisoblanadi, ammo ulardan biri psoriatik tuguncha, tirnoqlarning zararlanishi, yaqin qarindoshlarda psoriaz mavjudligi, osteolitik jarayonlar yoki suyaklarning har xil oʼqli siljishi boʼlishi kerak.




Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling