Klinikasi. Nospesefik aortaarteriit umumiy va shikastlangan a`zoning belgilari bilan namoyon bo`ladi. Odatda jarayon asta-sekin xaroratning subfibril ko`tarilishi, umumiy xolsizlik, ishtaxaning pasayishi, artralgiya, mialgiya, terlash kabi umumiy belgilar bilan boshlanadi. Maxalliy belgilar morfologik o`zgarishlarning o`zaro joylashishi bilan bog`liq. Jarayon o`mrov osti arteriyalarida bo`lganda yelka soxasida hamda qo`llarda xolsizlik, atrofiya, tomir urishining susayishi yoki umuman yo`qolishi, qon bosimining past bo`lishi xos. Uyqu arteriyali zararlanganda xushdan ketish xolati, ko`rishning buzilishi, ayrim hollarda umuman ko`rmaslik mumkin. Ko`p xollarda aorta yoyining aorta ko`krak - qorin qismi va uning shoxlari bilan birga zararlanishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |