Samdti, Davolash fakulteti 4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida


Download 80.71 Kb.
bet15/23
Sana02.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#193357
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
ffff

asnifi va klinikasi.  Kasallik va o`tkir va o`tkir osti kechib, quyidagi polimorf belgilar bilan namoyon bo`ladi:

- Umumiy (isitmalash, tez charchash, tana vazninig kamayishi);

- Buyrak zararlanishi, arterial gipertenziya;

- Yurak zararlanishi;

-  Artralgiya va poliartrit;

-  Tomirlar bo`ylab teri osti tugunchalari;

-  Marmar ko`rinishidagi teri va yaralar;

-  Nevritlar va mialgiyalar.

Aksariyat hollarda, kasallik isitmalash bilan boshlanib, bemorlarda ishtaxaning yo`qolishi, kuchayib boruvchi xolsizlik, ikkita bemordan birida polinevrit va mialgiya belgilari qayd etiladi. Deyarli 80% xollarda kasallikning boshlang`ich davrida siydikda o`zgarishlar aniqlanadi. U buyrak tomirlarining zararlanishi bilan bog`liq  bo`lib glomerulonefritni eslatadi.

Tugunchali poliarteriitda yurak, xususan, toj tomirlarning zararlanishi 30-40% bemorlarda kuzatiladi va stenokardiya xurujlariga xos bo`lgan og`riqlar xamda miokard infarkti belgilari bilan kichadi.

Nerv tizimidagi o`zgarishlar simmetrik bolmagan ko`p sonli xarakat xamda sezuvchanlikning buzilishi ko`rinishidagi mononevritlar  bilan namoyon bo`ladi. Ba`zan polinevritlar paresteziyalar ko`rinishida bo`lib  «paypoq»  va «qo`lqop» belgisini eslatadi.

Bosh miyaning zararlanishi meningit, meningoensefalit belgilari bilan kichadi. Bemorlarda eshitish, so`zlashda o`zgarishlar paydo bo`ladi, bosh og`rishi bezovta qiladi. Ko`z tubini tekshirganda arteriyada anevrizmalar perivaskulyar infiltratlar, to`r parda markaziy arteriyasining trombozi aniqlanadi.

Qorin arteriyalarida patologik o`zgarishlar sababli 50%ga yaqin bemorlarda og`riqlari uni ko`ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kelishi kuzatiladi. Og`riqlar aksariyat xollarda kindik atfofida joylashadi.

Bemorlarning bir qismini artrlgiyalar va yirik bo`g`imlarda ko`chib yuruvchi artritlar, mialgiyalar, teridagi turli (eritemalar, vezikulalar, papulalar, gemorragiyalar, nekroz o`choqlari) o`zgarishlar bezovta qiladi.

Ayrim bemorlarda   tugunchali poliarteriitning o`ziga xos kechishi – bronxial astma belgilari kuzatiladi. Ulardan eozinofiliya va tomirlarning granulematoz zararlanishi aniqlanadi. Ba`zi adabiyotlarda kasallikning bunday kechishi Charg- Stross sindromi deb ataladi. Ushbu sindromda buyraklarning zararlanishi kamdan-kam xollarda kuzatiladi va quyidagi uning tashxisiy mezonlari xisoblanadi:


  • Astma;

  • Anamnezida allergiya;

  • Sinusitlar;

  • O`pka infiltratlari;

  • Eozinofillar;

  • Tomirlar biopsiyasi va uning devorida eozinofillarning aniqlanishi.




  1. Simptomatik arterial gipertenziyalarni davolash

Simptomatik arterial gipertoniyaga asosan ikki xil yo‘nalishda davo qilinadi.




Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling