Samdti “Sud tibbiyoti" kafedrasi Fan: Vrach faoliyatining huquqiy asoslari. Mavzu: "Vrach (tibbiy) faoliyatining xuquqiy asoslari" fani mazmuni va vazifalari. Tibbiy faoliyatning ahloqiy va huquqiy asoslari


Download 0.65 Mb.
bet1/6
Sana30.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1072779
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fani mazmuni (1)


SamDTI “Sud tibbiyoti" kafedrasi
Fan: Vrach faoliyatining huquqiy asoslari.

Mavzu: "Vrach (tibbiy) faoliyatining xuquqiy asoslari" fani mazmuni va vazifalari. Tibbiy faoliyatning ahloqiy va huquqiy asoslari. Bioetika va tibbiy bioetika - vazifalari, zamonaviy muammolari. "Fukarolar sogligini saklash tugrisida" gi konun tarkibi, vazifalari va printsiplari.
Ma'ruzachi: prof.S.I. Indiaminov
Sam DTI-2022
Tibbiy ma'lumoti to'g'risidagi diplomni xorijiy davlatlarda olgan shaxslarga bu faoliyat bilan shug'ullanishiga ruxsat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi tomonidan nostrifikasiya qilinadi.
O'zbekistonda tibbiy faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga oliy yoki o'rta maxsus tibbiy o'quv yurtini tamomlaganlik to'g'risida diplom olgan shaxslar ega bo'ladilar (FSSTQ 41-modda).
Amaldagi qonunchilikga muvofiq, o'z mutaxasissligi bo'yicha 3 yildan ortiq ishlamagan tibbiy xodimlar tegishli o'quv muassasalarida qayta tayyorgarlikdan o'tgandan so'ng, yoki O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining attestasion komissiyasi tomonidan attestasiyadan o'tkazilgandan so'ng tibbiy faoliyat bilan shug'ullanishga ruxsat beriladi.
Oliy va o'rta maxsus tibbiy o'quv yurtlari talabalari o'quv programmasi asosida tibbiy xodimlar nazoratida fuqarolarga tibbiy yordam ko'rsatishga qatnashishlariga ruxsat etiladi
O'zbekistonda tibbiyot xodimlari tarkibi:

  • vrach mutaxassislar (magistratura va klinik ordinaturadan keyingi mutaxassislik)
  • umumamaliyot vrachlari,
  • oliy ma'lumotli

  • xamshiralar,
  • o'rta tibbiyot
  • xodimlari.

Ayni paytda ular tomonidan aholiga- birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, shoshilinch va tez tibbiy yordam xamda ixtisoslashgan tibbiy yordam (fakat vrach-mutaxassislar tomonidan) ko'rsatilmoqda.
№6
O'zbekiston Sog'liqni saqlash tizimida: davlat tasarufidagi hamda nodavlat va xususiy tibbiy muassalar faoliyat ko'rsatish mumkinligi belgilab qo'yilgan;
Ushbu tibbiy muassasalarda faoliyat ko'rsatayotgan tibbiyot xodimlarining umumiy vazifasi inson organizmi patologiyasi (kasalliklar va travmatizm) ning profilaktikasi, diagnostikasi va davolashi – reabilitasiyasini bajarish hisoblanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling