№6
- O'zbekiston Sog'liqni saqlash tizimida: davlat tasarufidagi hamda nodavlat va xususiy tibbiy muassalar faoliyat ko'rsatish mumkinligi belgilab qo'yilgan;
Har bir tibbiyot xodimidan qaysi vazifada, qaysi tibbiyot muassasasida faoliyat ko'rsatishidan qat'iy nazar, o'z kasbiy faoliyati bilan bog'liq quyidagi ikki tamoyilni bilishi va unga amal qilishi talab qilinadi:
1.Tibbiy faoliyatning axloqiy (etik) munosabatlari;
2.Tibbiy faoliyatning Qonunchilik asoslari.
Aynan shu ikki tamoyil ma'lumotlaridan iborat fan-vrach faoliyatining huquqiy asoslari fani hisoblanadi.
№8
Mazkur fan
O'zbekiston tibbiyot oliy o'quv yurtlarida
2001-2002 o'quv yilidan boshlab o'qitilmoqda.
Tibbiy faoliyatning ahloqiy munosabatlari mazmuni zamonaviy adabiyotlarda etika, deontologiya va bioetika tushunchalarida o'z ifodasini topgan.
Etika – ma'lum turdagi mexnat faoliyatiga xos bulgan umumma'naviy-axlokiy munosabatlar me'yorining majmuasidir.
Tibbiyot etikasi – umumma'naviy va axlokiy munosabatlar printsiplarining tibbiy faoliyatiga nisbatan konkretlash tirilishi (tibbiy xodimning uz kasbiy vazifalari bajarish bilan boglik xulk-atvor me'yorlari).
Tibbiy deontologiya – tibbiyot etikasining bir kismi bulib, tibbiyot xodimi burchi va vazifasining uz vaktida, tulaligicha va malakali bajarilishi mazmunini anglatadi.
Bioetika – tibbiy - biologik jarayonning rivojlanishida yuzaga keluvchi xukukiy, tibbiy-biologik, ijtimoiy muammolarni urganuvchi bilimlar manbasi.
U ikki qismdan iborat:
- Global bioetika,
- Tibbiy biologik bioetika.
Tibbiy - biologik bioetika - zamonaviy tibbiyotda va biologiya soxasida yangi texnologiyalar, yangi metodlarining kullanilishi va xabardorlikga asoslangan rozilik printsipida ishlash bilan boglik axlokiy munosabatlar majmuasi.
Tibbiy bioetika va tibbiyot etikasining urganadigan muammolari
- Insonlarda eksperiment o’tkazish masalasi;
- Tibbiy faoliyatda xabardorlikga asoslangan rozilik printsipi asosining qaror topishi, bir vaqtning o'zida vrachlik sirini saqlagan holda;
- Inson genom tuzilishini o’rganish va uning natijasida irsiy vaktsinalarni ishlab chiqish;
- Aholini turli qatlamlarda kasalliklar migrasiyasini aniqlash va ular bilan bog’lik muammolarni o’rganish;
- Evtanaziya masalasi;
- Sun'iy homiladorlik, sun'iy abort masalasi;
- Transplantasiya masalasi;
- Klonlashtirish;
- Tibbiyotda nanatexnologiya;
- Tibbiyotda telemedisina
- Platsebo va boshqa masalalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |