Samimiy muloqot sari


Download 27.27 Kb.
bet2/3
Sana21.02.2023
Hajmi27.27 Kb.
#1219088
1   2   3
Bog'liq
Trening dasturi. Namuna

MASHG’ULOTNING BORISHI:


  1. KIRISH



  1. Guruhiy normalarni ishlab chiqish.


Maqsad: mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash.


  1. Olma” o’yini.

Maqsad: ishtirokchilar bir-birlari to’g’risida to’laroq ma’lumotga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning o’rtasidagi barerni olib tashlash.

O’yinning borishi. Ko’rsatma: Qatnashchilar davra bo’lib o’tiradi. Trener “Mening ismim…Men…ni yaxshi ko’raman (hohlagan narsa yoki kishining ismini aytishi mumkin)”,- deydi va olma (koptokni) biron kishiga otadi. Koptokni ilib olgan ishtirokchi ham o’z navbatida o’zini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib bo’lgunlariga qadar davom etadi.


  1. Kutuvlarni aniqlash.


Maqsad: ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini aniqlash.

Ko’rsatma: trener har-bir ishtirokchidan bugungi mashg’ulotdan nimalar kutayotganligini so’raydi.



  1. ASOSIY QISM



  1. Ma’lumotni so’zsiz uzatish” o’yini.


Maqsad: ishtirokchilarda noverbal muloqot sifatlarini shakllantirish.

Ko’rsatma: qatnashuvchilar 4 ta guruhchaga bo’linib olishadi. Har guruhchadan bir nafar vakil xonani tark etadi. Qolgan guruhchalar qaytib kirgan o’z guruhining vakiliga turli imo-ishoralar va xatti-harakatlar orqali biror ma’lumotni yetkazishishlari lozim bo’ladi.


  1. Telefondagi so’zlashuv” o’yini.


Maqsad: talabalardagi muloqot jarayonida sinchkovlik xususiyatini rivojlantirish.

Ko’rsatma: ishtirokchilar davra markazida 2 nafar qatnashuvchi bir-biriga teskari holda stulda o’tirishadi. Ulardan biri ikkinchisiga biror rolda (masalan, onasi, shifokor, farzandi) ikkinchisiga “telefon qiladi”. Ikkinchi ishtirokchi o’zining kim bilan gaplashayotganligini topishi kerak. Agar topsa, yutqizgan ishtirokchilar o’rni almashib o’yin davom ettiriladi.


  1. Qattiq tosh” o’yini



Download 27.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling