Samsung haqida 100 ta fakt
Download 136 Kb.
|
Samsung haqida 100 ta fakt
Elektron sanoat
Konsernning 70 foizdan ortiq savdosi elektron sanoat sohasiga to’g’ri keladi. Mazkur bo’linma kompaniyalari: •Samsung Electronics • Samsung SDI • Samsung Electro-Mechanics • Samsung SDS • Samsung Networks Kompaniyaning elektron sanoati bo’linmalari butun dunyoda faoliyat olib boradi, mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi. 1969-yilda tashkil etilgan Samsung Electronics kompaniyasi kichik bir eksport korxonasidan to katta elektron mahsulotlar kompaniyasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi kunda kompaniya turli kategoriyadagi eng yaxshi mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugun Samsung Electronics — yarimo’tkazgichli va telekommunikatsiya uskunalar sohasida hamda raqamli texnologiyalar sohasida jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya ofislari jahonning 57ta mamlakatlari hududlarida mavjud, ularda 70 mingga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Kompaniyaning sof daromadi 2013-yilda $7,6 milliard tashil etib, smartfonlar ishlab chiqarishdagi asosiy raqobatchisi Appleni ortda qoldirib ketishga erishdi. Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Smartfon bozorining 31,1 foizini Samsung , 15,6 foizini Apple, qolgan 53,3 foizni esa ZTE, Heawai, HTC, LG va boshqa kompaniyalar egallab turibdi. "Samsung Electronics" 2005 yildan " Chelsi ” futbol jamoasining (Angliya) nishon homiysi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab jamoa futbolchilari ko’kragiga kompaniya belgisi tushirilgan moviy-oq rangli kiyimda maydonga tushadi. Shartnoma 2010 yili nihoyasiga etgach, yana uch yilga uzaytirildi. Samsung Electronics kompaniyasining brend qiymati 2022-yilda jahonning eng yaxshi beshta brendi roʻyxatidan oʻrin egallab, ikki xonali songa oshdi 03/11/2022 Ulashish Share open/close Print Ketma-ket ikki yil davomida Samsung kompaniyasi brend qiymatining ikki xonali songa oshishiga erishdi Samsung Electronics kompaniyasi bugun Interbrand xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan 2022-yilda jahonning eng yaxshi beshta brendidan biri sifatida eʼtirof etildi. Har yili Interbrand dunyoning eng yaxshi 100 ta brendini eʼlon qiladi, Samsung kompaniyasi brendi esa 87,7 milliard dollarga baholandi, bu esa 2021-yildagi 74,6 mlrd dollar bilan taqqoslaganda 17% oʻsishni ifodalaydi, bu orqali kompaniyani ketma-ket uchinchi yil beshinchi oʻrinni egalladi. Bu yutuq Samsung kompaniyasining hozirda pandemiyadan oldingi davrdagiga yaqin darajadagi tiklangan moliyaviy koʻrsatkichlariga hamda maʼlumotlardan foydalanishning oshishi tufayli xotiraga boʻlgan talabning nisbatan oshganiga asoslangan. 2021-yili Samsing kompaniyasi brendi qiymati 2020-yil bilan taqqoslaganda 20% oshgan va bu yil ikki xonali oʻsish davom etmoqda. Samsung kompaniyasi ilk bor 2012-yilda 9-oʻrinni egallab, TOP-10 roʻyxatga kirgan va har yili reytingda koʻtarilishga erishmoqda, 2017-yilda oltinchi oʻrinni va 2020-yilda beshinchi oʻrinni egalladi. “Samsung Electronics ketma-ket ikki yil brend qiymatining ikki xonali oʻsishini qayd eta oldi va hammasi butun dunyodagi mijozlarimizning qoʻllab-quvvatlovi tufaylidir”,- deydi Samsung Electronics ijrochi vitse-prezidenti hamda marketing boʻyicha direktori YH Lee. “Oʻz navbatida, butun kompaniya mijozlarga eng yaxshi va yanada qoniqarli taassurot taqdim etish uchun birgalikda bir jamoa boʻlib ishlashda davom etadi”. Samsung brendi qiymatini oshirish uchun Interbrand tomonidan baholangan turli omillar 2021-yil oxirida Samsung Electronics oʻz mahsulotlari orasida sinergiyani oshirish va mijozlarga xizmat koʻrsatishning yangi darajasini taqdim etish uchun oʻzining SET boʻlinmasini birlashtirdi va Device eXperience boʻlinmasini yaratdi. Bundan tashqari, Samsung kompaniyasi bir nechta qurilmalarga ulanish imkoniyatini yaxshilash uchun Customer eXperience-Device Experience Center markazini ishga tushirdi. Bu choralar bilan bir qatorda Samsung kompaniyasi inkluziv ekotizim hamda bir nechta qurilmalar bilan ishlash imkoniyatini yaratgan holda oʻzining barcha turkumdagi mahsulotlariga SmartThings platformasini integratsiya qildi. SmartThings, shuningdek, foydalanuvchilarga oʻzining Samsung qurilmasidan, qolaversa, ehtimol ular avvaldan egalik qiladigan boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan maksimal manfaat olishga imkon beradi. Bundan tashqari, keyingi avlod faoliyati haqida haqiqiy muloqotga zamin yaratish uchun Samsung kelgusi avlod laboratoriyasi yaratildi. Laboratoriyada olingan xulosalar mahsulotlarga va marketing faoliyatiga nisbatan tatbiq qilindi. Isteʼmolchilar taasuroti, sunʼiy intellekt (AI), 5G, avtomobilsozlaik va robototexnika kabi ilgʻor texnologiyalarning rivojlanishiga asoslangan innovatsion mahsulotlar bilan bir qatorda doimiy investitsiyalar ham Samsung kompaniyasining oʻsishida oʻziga xos rol oʻynadi. Samsung kompaniyasining mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha har bir mahsulot boʻlinmasidagi eʼtirof etilgan intilishlari Mobil Mijozlar fikriga asoslangan Galaxy S22 series innovatsion kamerasi va Nightography kampaniyasining joriy etilishi buklanadigan mobil telefonlar turkumida yetakchilikni mustahkamlaydi. Foydalanuvchilarning oʻzaro taassurotini yaxshilar uchun Google va Microsoft bilan hamkorlik Samsung Knox yordamida foydalanuvchilarning xavfsizligi va maxfiyligi qadriyatini hurmat qilish Tarmoq Virtuallashtirish sohasida tarmoq innovatsiyalarining novatorlik usuli hamda yirik miqyosli tijoriy taassurot yuzasidan ochiqlik Oʻzining bozorda yetakchi 5G portfoliosi tufayli 5G sanoatini RAN va Core dan avtomatlashtirish vositalariga rivojlantirmoqda Intellektual tarmoq yechimlari yordamida energosamaradorlikni oshirish uchun ESG majburiyatlarini amalga oshirish Vizual displey Micro LED, Neo QLED 8K/4K kabi premium toifadagi televizorlarda innovatsiyalarning davom etishi Frame, Freestyle kabi mijozlarning turmush tarziga asoslangan oʻz mahsulot portfoliosini mustahkamlash Foydalanuvchilarga Samsung Gaming Hub va Odyssey Ark kabi yangi oʻyin imkoniyatlarini taqdim etish Uy jihozlari Kiyim, pol va havo parvarishi kabi oshxonadan tashqari butun uy uchun Bespoke mahsulot turkumlarini kengaytirish Oʻz mahsulotlariga barqaror taraqqiyot qadriyatlarini tatbiq qilish (asosiy mahsulotlar uchun yuqori energotejamkorlikka erishish, raqamli invertorli kompressorga malakalangan kafolatlar, Patagonia bilan hamkorlikda kir yuvish mashinalaridan mikroplastik chiqishini kamaytirish) Ishtirokka qaratilgan onlayn va oflayn kampaniyalar yordamida Bespoke ishqibozlari oʻrtasida ajiotaj yuzaga keltirish Yarimoʻtkazgichlar Ilgʻor ilovalar boʻyicha barqaror taʼminotni taʼminlash uchun keyingi avlod texnologiyalari va ishlab chiqarish quvvatlariga investitsiyalar (Texasda qiymati 17 milliard dollarlik yangi ishlab chiqarish liniyasi, Gihuengda qiymati 20 trillion vonga teng ilmiy-tadqiqot majmuasi qurilishi) Mahsulot mahsuldorligi va energosamaradorligini oshiruvchi tarmoqda yetakchi yarimoʻtkazgichlarga oid innovatsiyalarni joriy qilish (tarmoqda ilk bor 3nm GAA ommaviy ishlab chiqarish) AI va ML kabi sohalarda maʼlumotlardan intensiv foydalanish bilan bogʻliq vazifalarning favqulodda oʻsishini hal qilish uchun xotira sohasida innovatsion yechimlar ishlab chiqish (CXL xotira, HBM-PIM, ikkinchi avlod SmartSSD), shuningdek, yangi tarmoq vazifalarini yechish uchun strategik hamkorlikni kengaytirish Yaxshilangan foydalanuvchi taassuroti va yangi imkoniyatlar taklif etishi mumkin boʻlgan mantiqiy yechimlar chegaralarini kengaytirish (5G Exynos Modem, Exynos 2200, 200MP ISOCELL HP3) Interbrandʼning jahondagi eng yaxshi brendlari har bir brend qiymati bahosiga muvofiq sanalgan, bu esa kompaniyaning moliyaviy koʻrsatkichlari kompleks tahlili, brendning mijozlar xaridiga taʼsiri va brendning raqobatbardoshligi natijasi hisoblanadi Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling