Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha


Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi


Download 1.46 Mb.
bet100/103
Sana03.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1154894
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Geoekologik muammolarning vujudga kelishi tabiiy jarayonlar va inson faoliyati bilan bog‘liq tarzda ro‘y berishi mumkin. Geoekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi tabiiy omillar va jarayonlardan asosiy lari: vulqon otilishi, zilzila, surilma, ko‘chki, sel, suv toshqini, kuchli shamollar, yong‘inlar va boshqalar. Bunday omillar bevosita har bir geotizimning tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, unda inson ishtiroki bo‘lmaydi.Inson va tabiiy muhitning o‘zaro ta’siri kelib chiqishi jihatidan ekologik muammo hisoblanadi. Lekin, u ma’lum geotizimda tur-
li miqyosda hamda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografi k qonuniyatlar asosida ro‘y bergani sababli geografi k muammo ham hisoblanadi, ya’ni ekologik muammo muayyan geotizimda tarkib topib, shakllanib, rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu nuqtayi nazardan geoekologik muammo deyiladi.
Geoekologik muammolar – insonlarning sog‘ligi va xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan munosabatlarida va geotizimlarning bir butunligida nomutanosiblikni keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelgan jarayon va hodisalar. Geoekologik muammolar, odatda, tizimli xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlar va qonuniyatlarning o‘zaro ta’siri; geografiya, ekologiya, geologiya va boshqa fanlarning integratsiyasini talab etadigan fanlararo ahamiyat kasb etishi; resurslardan turli maqsadlarda bir qancha foydalanuvchilarning mavjudligi; geotizim yoki geoekologik muammoning holatini bitta ko‘rsatkich bilan tavsifl ash mumkin emasligi.
Sayyoraviy geoekologik muammolar – butun geografik qobiq doirasida ro‘y beradigan va Yer yuzining barcha qismlariga ta’sir etadigan, barcha mamlakatlarga, butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir. Bularga “Issiqxona samarasi” va iqlim isishi, “Ozon tuynugi”, Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi va suvining ifl oslanishi, cho‘llashish va h.k. kiradi. Bunday geoekologik muammolarni bartaraf etish uchun barcha davlatlar birlashib, yagona
dastur asosida harakat qilishlari lozim. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o‘z hududidagi lokal va regional muammolarni hal etish orqaligina global geoekologik muammolarning yechimini topishlari mumkin. Regional geoekologik muammolar – egallagan maydoniga ko‘ra global geoekologik muammolardan kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bir yoki bir necha turlardan tashkil topgan geoekologik hodisa-jarayonlar kompleksidan iborat bo‘ladi. Regional geoekologik muammolar regional miqyosdagi geotizimlarni band etib, butun Yer yuzi uchun xavf solmasligi mumkin, ammo ularning soni tobora ortib bormoqda. Ushbu muammolar ayrim hududlargagina tegishli bo‘lishiga qaramay, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nihoyatda xavfl i va salmoqli, ularni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etmaslik kelajakda keng miqyosdagi og‘ir ekologik kulfatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Regional geoekologik muammolar tarkib topishi jihatidan oddiy va murakkab toifadagi geoekologik muammolarga bo‘linadi. Bir turdagi hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – oddiy toifadagi, bir necha geoekologik hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – murakkab toifadagi geoekologik muammolar deyiladi. Murakkab geoekologik hodisalarning yechimi ham murakkab bo‘lib, ko‘p vaqt talab qiladi. U tobora murakkablashish va yangi hududlarni egallash yo‘nalishida rivojlanadi. Oddiy geoekologik muammolar ham makonda va vaqt mobaynida o‘ta murakkablashuvi oqibatida murakkab tusga aylanishi mumkin.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling