Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha


Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi


Download 1.46 Mb.
bet88/103
Sana03.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1154894
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Sharqiy Osiyo davlatlari. Osiyoning sharqiy qismida joylashgan hududlari Sharqiy Osiyo subregioni hisoblanadi. Shimoliy, g‘arbiy, janubiy qismlaridan mintaqaning quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri bilan o‘ralgan. Uning umumiy maydoni 11,8 mln km2, aholisi soni esa 1,5 mlrd.dan ortiq. Mazkur mintaqa Yer shari quruqlik maydoning deyarli 8% ini egallaydi; dunyo aholisining 22,2% ni o‘z ichiga oladi; dunyo
bo‘yicha YMM ning 1/4 qismidan ortiq shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. Subregion hududida 5 ta mustaqil davlat joylashgan. Sharqiy Osiyo subregioni Osiyoning maydon jihatdan eng katta mintaqasi hisoblanadi. Uning davlatlari orasida Xitoy maydon kattaligiga ko‘ra jahonda uchinchi, aholi soniga ko‘ra esa, birinchi o‘rinni egallaydi. Koreya Respublikasi mintaqaning maydon jihatdan kichik davlati hisoblansa, Mongoliya aholi soniga ko‘ra guruhda so‘nggi
o‘rinni egallaydi. Subregion davlatlarining yana bir o‘ziga xos jihati shuki, har bir davlat o‘z siyosati, rivojlanish holatiga ko‘ra deyarli bir-biriga o‘xshamaydi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti talablarini o‘zida singdirgan sotsialistik tuzum asosida rivojlanayotgan Xitoy Xalq Respublikasi, jahonning eng harbiylashgan, yopiq davlat siyosat yurituvchi, totalitar tuzumga ega bo‘lgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), mintaqadagi yagona monarxiya tuzumiga ega bo‘lgan, jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri – postindustrial davlat Yaponiya, yangi sanoatlashgan davlat –Koreya Respublikasi bilan bir qatorda iqtisodiyoti nisbatan past darajada rivoj langan Mongoliya joylashgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega (Mongoliyadan tashqari) ekanligi, subregionning qadimiy sivilizatsiya markaz-laridan biri ekanligi geogra$ k o‘rnining ijobiy jihatlari hisoblansa, g‘arbiy va janubiy qismlarining baland tog‘liklardan iboratligi, asosiy qismi Tinch okeanbo‘yi seysmik zonasida joylashganligi, salbiy jihat sifatidanamoyon bo‘ladi
Sharqiy Osiyo davlatlari, asosan, mo‘tadil, subtropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Mazkur davlatlar iqtisodiyotida ularning hududida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar katta ahamiyatga ega. Mineral resurslarning turli ko‘rinishlari Yaponiyadan boshqa barcha davlatlarda
tarqalgan bo‘lsa, Yaponiya, Koreya yarimoroli davlatlari suv resurslariga boyligi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, yer (Xitoy), o‘rmon (Xitoy, Koreya yarimoroli davlatlari), rekreatsion (Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi) resurslar ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Subregion aholi soni, uning zichlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili Yaponiya, Koreya Respublikasi aholisining tabiiy ko‘payish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularda tug‘ilish darajasi pastligi sababli aholi orasida katta yoshlilar hamda qariyalarning salmog‘i ortib bormoqda. Xitoyda aholi sonining sekin o‘sishiga, bu yerda so‘nggi yillargacha olib borilgan aholi sonini qisqartirishga qaratilgan demogra$ k siyosat
sabab bo‘lmoqda. Mintaqa davlatlari orasida KXDR va Mongoliyada tabiiy ko‘payish jarayoni yuz bermoqda. Subregionda aholi o‘rtacha zichligi 1 km2ga 136 kishiga teng. Aholi zichlik ko‘rsatkichlari Koreya Respublikasida eng yuqori (1 km2ga 510 kishi), Mongoliyada esa eng past (2 kishi). Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 58% bo‘lgan holda, uning davlatlari orasida iqtisodiyoti rivojlangan Yaponiya (93%), Koreya Respublikasida (82%) baland, KXDRda esa past (60%) ko‘rsatkichlar kuzatiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling