Sana “ ” 201 yil


Download 1.37 Mb.
bet90/103
Sana28.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1732398
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Bog'liq
10 s-d-i-t

Yangi dars bayoni:
Yuqori molekular birikmalar (YMB) xossalari jihatidan past molekular birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol YMB molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi.
Yuqori molekular birikmalar kelib chiqishi bo‘yicha 3 ga bo‘linadi: tabiiy, sintetik va suniy.
Tabiiy YMB larga o‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi. Sun’iy YMB tabiiy yuqori molekular birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi.Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi.
Polimer molekulalani makromolekula ham deyiladi. Makromolekulada ko‘p marta takrorlanadigan atomlar guruhini elementar zveno deyiladi. Polimer molekulasidagi n qiymati monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko‘rsatadigan son bo‘lib, polimerlanish darajasi
deyiladi.Polimerning molekular massasi (M) uning elementar zvenosining molekular massasi (m) bilan polimerlanish darajasi (n) ning ko‘paytmasiga teng, yani M =m*nYMB larning ㌳zik va mexanikaviy xossalari ko‘p jihatdan ularning molekular massasiga va tabiatiga bog‘liq. Molekular massaning ortib borishi bilan quyi molekular moddalar uchun xarakterli bo‘lgan diffuziya, uchuvchanlik singari xossalar asta-sekin yo‘qolib, makromolekulalarning o‘ziga xos (bo‘kish, yuqori qovushqoqlik, qizdirilganda haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo bo‘ladi.



IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling