Sana “ ” 202 yil. Mavzu: Din va ma’daniyat
Download 21.84 Kb.
|
10 tarbiya dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy;
- Asosiy tushuncha va ma’lumotlar
- O’.T.I.B.D.O`: __________________ Q. Axanov
- O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash
- Uyga vazifa
Darsning maqsadi: o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,Tarbiya “ darsligi bilan tanishtirish; darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish; darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish; o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish. Tarbiyaviy; Tarbiya fanida Dars turi: Yangi bilimlar berish Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomadni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish tozalikni tekshirish. Dars materiallari va jihozlari: 1.,, Tarbiya “ darsligi. . 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. Asosiy tushuncha va ma’lumotlar «Din» arabcha so‘z bo‘lib, ishonch degan ma ’noni bildiradi. Din — ilohiy kuchlarga ishonch asosida shakllangan tushuncha, tasawur va qoidalar tizimidir. Yangi dars bayoni: Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g‘oyalariga asoslanadi. Ular odamlami to‘g‘rilik, shafqat va bag‘rikenglikka, birovga ozor bermaslik, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko‘yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi hamma dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillami anglagan holda, ular o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga xizmat qiladi. Barcha din vakillarini, ular bajo keltiradigan diniy rasm-rusum va amallami hurmat qilish, ulaming kuch va imkoniyatlarini davlat, jamiyat, butun insoniyatning ezgu maqsadlariga xizmat qildirishda muhim o‘rin tutadi. r## Dinlararo bag‘rikenglik deb, turli din vakillarining o‘zaro hurmcit asosida, oliyjanob g'oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashiga aytiladi. Bugungi kunda dinlararo bag‘rikenglikka erishish uchun ular o‘rtasida madaniy muloqot, amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar— yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorcliilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlami ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo‘lgan sayyoramizni saqlab qolish yo‘- lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlaming mohiyatini ezgulik, Yaratganga va uning qudratiga ishonch, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qilgani uchun aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini mu- loqotga, hamkorlikka da’vat etadigan umumiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Tinclilik va barqarorlikning muhim sharti bo‘lgan dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bizning mamlakatimiz hududida qadim-qadimdan islom, nasroniylik (xristianlik), buddaviylik kabi dinlar o‘zaro hamkor- likda yashab kelgan. Shuning uchun asrlar davomida yirik shaharlarimizda musulmonlar masjidi, nasroniylar cherkovi, bud- daviylar ibodatxonasi yonma-yon faoliyat yuritgan. Chunki qadimda Buyuk ipak yo‘li bizning yirik shaharlarimiz orqali Xristianlik dunyoda eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Tarixda mazkur dinni niqob qilib buzg‘unchilik, xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani, “Salib yurishlari”, “Inkvizitsiya” nomlari ostida ko‘plab shaharlar vayron qilingani, minglab odamlarning halok bo‘lgani ma’lum. Holbuki, xristianlikda hech kimga yomonlik qilmaslik haqida ta’lim beriladi. Bu din ham barcha dinlar kabi tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va ezgulikka chaqiradi. Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlarning ko‘zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar. Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar. Yangi Ahd. Rimliklarga maktub, 12-bob. Islom dinida xristianlarni nasroniylar deb atashadi. Bu nom Iso payg‘ambarning Nazaret qishlog‘ida tug‘ilgani O’.T.I.B.D.O`: __________________ Q. Axanov bilan bog‘liq. Xalq orasida fitna qo‘zg‘atish, tuhmat va ig‘vo tarqatish yo‘lidagi urinishlar, tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqaruvchi hodisalar yoki harakatlar islomning mohiyatiga mutlaqo zid. Buddaviylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlari barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni targ‘ib etish, aql ko‘rsatmalariga qat’iy bo‘ysunish va hissiyotga berilmaslikdir. Insonparvarlik va ezgulik g‘oyalari buddaviylikning “Pancha shila” (sanskritcha – besh nasihat) qoidasida ham aks etadi. II bob. Inson va jamiyat Ma’naviyat xazinasi Buddaviylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlari barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni targ‘ib etish, aql ko‘rsatmalariga qat’iy bo‘ysunish va hissiyotga berilmaslikdir. Insonparvarlik va ezgulik g‘oyalari buddaviylikning “Pancha shila” (sanskritcha – besh nasihat) qoidasida ham aks etad Unga ko‘ra, buddaviy qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on so‘z, mast qiluvchi narsalardan saqlanishi lozim. Bu dinga e’tiqod qilgan har bir rohib o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirmasligi, birovga nafrat bilan qaramasligi, adolat haqida o‘ylashi, munosib insonlardan yaxshiligini ayamasligi, axloq qoidalariga amal qilishi zarur hisoblanadi. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2.. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. Dars yakunlarini chiqarish:O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash O’.T.I.B.D.O`: __________________ Q. Axanov Download 21.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling