Sana: “ ” 202 yil. Mavzu: mustaqillik maydoni


Ezgulik arkasi Vatanimiz mustaqilligi, [alqimizning ezgu intilishlari sharafiga barpo etilgan noyob obidadir


Download 46.14 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi46.14 Kb.
#1408265
1   2   3
Bog'liq
3-matem dars ishlanma

Ezgulik arkasi Vatanimiz mustaqilligi, [alqimizning ezgu intilishlari sharafiga barpo etilgan noyob obidadir.
Arka tepasidagi mo’jaz yer shari uzra ko’kka parvoz qilishga shaylangan turnalar tasvirlangan. Ular – tobora kuchga to’lib, rivojlanib borayotgan O’zbekiston timsoli. Bir oyoqda turgan laylaklar esa tinchlik-osoyishtalik, yurtimizdagi qut-baraka ramzidir.
Mustaqillik maydoninig to’rida mustaqillik va ezgulik monumenti qad rostlagan. Bu yodgorlik ikki qismdan – O’zbekiston tasviri tushirilgan yer shari va farzandiga mehr bilan termulib turgan Baxtiyor ona haykalidan iborat. Yer shari monumenti 1992 yil o’rnatilgan. Undagi O’zbekiston hududining tasviri yurtimizning mustaqil davlat sifatida dunyoda munosib o’rnini topganini, istiqlolimiz abadiy ekanini bildiradi.
Vatanimiz ramzi bo’lgan Baxtiyor ona haykali esa 2005 yil barpo etilgan. Ona o’z farzandiga umid va ishonch bilan termulib, uning mustaqil yurtimiz uchun munosib farzand bo’lishini tilab turibdi
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning 2006-yil 3-yanvardagi qaroriga binoan, Mustaqillik maydonidagi muazzam obidaga Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nom berildi.
Ezgulik arkasi bilan Mustaqillik va ezgulik monumentini yagona g’oya birlashtirib turadi. Ya’ni ikkala obida ham xalqimizning ezgu maqsad-muddaolarini aks ettiradi.
Xalqimiz ulug’ maqsadlarini aks ettirgani uchun Mustaqillik maydonini Vatanimizning bosh maydoni deb ataymiz. Uning betakror qiyofasiga qarab, butun mamlakatimizni, xalqimizning qalbini, yuragini ko’rgandek bo’lamiz.
Har yili mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimiz Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo’yadi. Yurtimizga tashrif buyurgan chet el davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, mamlakatimiz jamoatchiligi vakillari ham Vatanimizga, xalqimizga yuksak hurmat ifodasi sifatida bu monument poyiga gul qo’yib, maydonni aylanib, uning go’zalligidan bahramand bo’ladilar.
Mustaqillik maydoni sharq tomonidan Sohibqiron Amir Temur bobomiz haykali va uning nomidagi go’zal hiyobon, “O’zbekiston” anjumanlar saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi, Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy san’at galereyasi, Biznes markazi singari bir-biridan chiroyli binolar, majmualar joylashgan.
Shimol tomondan Xotira maydoni, Motamsaro ona haykali, “Turkiston” saroyi kabi muazzam inshootlar qad rostlagan.
Janub tomondan esa Senat binosi va maydoni, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni binolari, yam-yashil hiyobon ko’zni quvontiradi,
G’arb tarafida esa zilol suvli Anhor va uning sohilidagi so’lim daraxtzorlar, yangicha qiyofa aks etgan muazzam “Paxtakor” stadioni, u yerdagi turli sport o’yinlari bilan shug’ullanayotgan yoshlar e’tiborimizni tortati.
Bir so’z bilan aytganda, Mustaqillik maydonida turib, xalqimizning fidokorona mehnati bilan qilinayotgan ulkan ishlar, beqiyos o’zgarishlarning yorqin ifodasini ko’rgandek bo’lamiz va bundan qalbimiz g’urur-iftixorga to’ladi.
Istiqlol bizga necha asrlik tarixga ega bo’lgan ezgu ishlarimiz, qadriyat va an’analarimizni davom ettirish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmasdan, erkin va farovon yashash imkonini berdi. Biz mustaqillik maydonida do’ztlarimiz, oila a’zolarimiz, bilan sayr qilar ekanmiz, bunga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

Download 46.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling