Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- IX.Yangimavzubayoni
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangimavzubayoni: 1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini chatishtirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlashdi. Avlodlarda belgilarning mustaqil holda irsiylanishi va erkin kombinatsiyalanishi barcha belgilar uchun xos emasligi ma’lum bo‘ldi. Tomas Morgan va uning shogirdlari mustaqil holda irsiylanmaydigan genlar belgilarining avloddan avlodga o‘tishini o‘rgandilar. Agar G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat o‘simligida o‘tkazgan bo‘lsa, Morgan uchun meva pashshasi drozofila asosiy obyekt bo‘lib xizmat qildi. Drozofilalar tajriba o‘tkazish uchun juda qulay obyektdir. Chunki ular laboratoriya sharoitida tez ko‘payadi, xromosomalar soni 8 ga teng. Genlarning mustaqil kombinatsiyalanishi qonuni o‘rganilayotgan genlar nogomologik xromosomalarda joylashsagina o‘rinli bo‘ladi. Genlar soni xromosomalar sonidan ancha ko‘p bo‘lganligi sababli bitta xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi va birikkan holda irsiylanadi. Bir xromosomada joylashgan genlar majmuyi birikish guruhi deyiladi. Organizmdagi genlarning birikish guruhi shu organizm xromosomalarining gaploid to‘plamiga teng bo‘ladi. Jumladan, makkajo‘xorida (Zea mays) xromosomaning gaploid to‘plami va birikish guruhi 10 ga, no‘xatda (Pisum sativum) 7 ga, drozofila meva pashshasida (Drosophila melanogaster) 4 ga, odamda (Homo sapiens) 23 ga teng. Bu hodisani yaxshi tushunish maqsadida drozofilalarda ikki juft belgilarning nasldan naslga o‘tishi bilan tanishamiz. Drozofilalarda tananing kulrangligini belgilovchi gen (A) qora rang geni (a) ustidan dominantlik qiladi. Normal qanot geni (B) esa kalta qanotni belgilovchi gen (b) dan ustunlik qiladi.Kulrang va normal qanotli pashsha- larni qora va kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirsak, birinchi avlod bir xilliligi yuzaga chiqadi, ya’ni kulrang tanali, normal qanotli pashshalar hosil bo‘ladi.F1 da hosil bo‘lgan kulrang tanali, normal qanotli erkak drozofilalarni qora tanali kalta qanotli urg‘ochi drozofilalar bilan o‘zaro chatishtirilsa, F, daolingan avlodning */2 qismini kulrang tanali, normal qanotli, / qismini qora tanali, kalta qanotli individlar tashkil etadi. Bunday birikishga to‘la birikish deyiladi. Agar urg‘ochi digeterozigota pash- shani tahliliy duragaylash usulida tekshirsak, avvalgi tajribaga nisbatan boshqacharoq natijani kuzatamiz. Bunda 4 xil variantda belgilarga ega bo‘lgan avlod hosil bo‘ladi. Lekin G. Mendel tajribalarida kuzatilgan 1:1:1:1 nisbatdan farq qilib, ota-onalarinikiga o‘xshagan belgilar ko‘proq (kulrang tanali, uzun qanotli - 41,5%, qora tanali, kalta qanotli - 41,5%), yangi hosil bo‘lgan belgilar esa ancha kam (kulrang tanali, kalta qanotli - 8,5%, qora tanali, normal qanotli - 8,5%) uchraydi. Genlar birikishining bu xili chala birikish deb ataladi (15-rasm). Genlar chala birikishining sababini tushunish uchun jinsiy hujayralarning yetilishida kuzatiladigan meyoz jarayonini eslash kerak. Meyoz I ning profazasida muhim jarayon - krossingover kuzatiladi. Gomologik xromosomalar konyugatsiyalashib allel genlarning almashinuvi sodir bo‘ladi. Natijada gametalarning bir qismi yangi genlar kombinatsiyasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun yangi avlodda ota-onalarnikidan farq qiluvchi yangi belgilar kombinatsiyasi vujudga keladi. Krossingover natijasida hosil bo‘lgan gametalar hamda shu gametalardan hosil bo‘lgan avlod bir xil nom bilan krossoverlar deb ataladi. Krossingoverga uchramagan gametalar ishtirokida hosil bo‘lgan avlod nokrossoverlar deb ataladi Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling