Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


VIII.Darsning borishi (reja)


Download 2.84 Mb.
bet50/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

VIII.Darsning borishi (reja):


1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi


2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Jinsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir. Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti- harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil bo‘lishi va urug‘lanishni ta’minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar ta’sirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo‘lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning tashqi ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko‘pgina hayvonlarda, odamda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va o‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bo‘ladi. Jins ko‘pincha urug‘lanish jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar - autosomalar, erkak va urg‘ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar - jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofila pashsha- sining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.
Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi. Odam, sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg‘ochilari gomogametali, erkaklari geterogametali bo‘ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg‘ochisi geterogametali bo‘ladi.
Meyoz jarayonida geterogametali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu sababli, jinsiy ko‘payishdan keyin hosil bo‘lgan erkak va urg‘ochi individlar soni teng bo‘ladi. Masalan, erkaklari geterogametali bo‘lgan organizmlar (drozofila)da jinsning irsiylanishi 16- rasmda berilgan.
Ba’zi organizmlarda geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo‘ladi. Qandalalar va ninachilarning urg‘ochi organizmda XX, erkagida XO, kuyakapalagida esa aksincha urg‘ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar mavjud. Shunga ko‘ra qandala erkagida 48-rasm. Drozofila meva pashshasida 13 ta xromosoma, urg‘ochisida 14 ta xromosoma bo`ladi. Undan 12 tasi autosoma xromosomalari hisoblanadi.



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling