Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Download 2.84 Mb.
bet62/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

Dominant belgilar

Retsessiv belgilar

Jingalak (geterozigotalarda taram-taram) soch

To‘g‘ri soch

Sochning erta to‘kilishi

Normal soch

Malla bo‘lmagan soch

Malla soch

Qo‘y ko‘z

Ko‘k yoki kulrang ko‘z

Sepkillar

Sepkillar bo‘lmasligi

Pakanalik

Normal bo‘y

Polidaktiliya

Barmoqlar sonining normal bo‘lishi

Ko‘pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan naslga o‘tishi genealogik usul yordamida aniqlangan. Qandli diabet, tug‘ma karlik, gemofiliya, shizofreniyaning ba’zi formalari shular jumlasidandir. Genealogiya usuli - eng universal, oddiy, qulay usul bo‘lib, belgining bir nechta avlodda irsiylanishini aniqlashga asoslangan.
Shajara tuzish: ma’lumotlar yig‘ish, shajara tuzish, shajarani tahlil qilish, xulosa yozish kabi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar to‘plashda so‘rab-surishtirish, anketalar to‘ldirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib boriladi. Avlodlar shajarasini tuzishda proband



21 -rasm. Autosomadagi retsessiv genning 22-rasm. X - xromosomadagi retsessiv genning
irsiylanishi.
Autosoma - retsessiv tipda irsiylanish (A-R) - autosomada joylashgan retsessiv genlarga bog‘liq. Albinizm, chapaqaylik, ko‘k ko‘z, silliq soch, fenilketonuriya, rezus manfiy (Rh-), I0 qon guruhi va boshqalar (21-rasm).
X- xromosomaga birikkan dominant genning irsiylanishi (X-D). Masalan: qandsiz diabet, D vitamini bilan davolanmaydigan raxit, ikkinchi kurak tishi yo‘qligi, tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi va boshqalar.
X- xromosomaga birikkan, retsessiv genning (X-R) irsiylanishi. Masalan: gemofiliya, daltonizm, namozshomko‘rlik (22-rasm).Y - xromosomaga birikkan genning irsiylanishi. Masalan: gipertrixoz, ixtioz


Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:

  1. Odamda dominant holda irsiylanadigan belgilar haqida gapirib bering.

  2. Odamda retsessiv holda irsiylanadigan belgilar haqida bilasizmi?

  3. Geneologik metodni tushuntirib bering.

  4. Sitogenetik metodining mohiyatini tushuntiring.

  5. Egizaklar metodi qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?



Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V


29-- Mavzu: Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar. 25 -§


I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling