Tahliliy chatishtirish. Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, genotip jihatdan farq qiladi.
Ularning genotipini aniqlash uchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o‘tkaziladi.Fj avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo‘lmasligini, F2 da esa dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar hosil bo‘lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofligi farazini ilgari surdi. Organizmlarda irsiy omillar juft holda bo‘ladi. Ular irsiy omillarning birini otadan, ikkinchisini onadan oladi. Duragaylarda ota-onaning irsiy omillari aralashmaydi. U bu hodisani F2 avlodda retsessiv belgili organizmlarning paydo bo‘lishi bilan tushuntirdi. Demak, avloddan avlodga o‘tganda irsiy omil o‘zgarmaydi. Jinsiy hujayra irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo‘ladi, ya’ni ular «sof» holda bo‘ladi
Chala dominantlik. G. Mendel tomonidan o‘tkazilgan bu tajribada bir belgi ikkinchi belgi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Ingliz olimi U. Betson o‘z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga ega tovuq zotlarini o‘zaro chatishtirdi. Olingan Fx avlod (Aa)ning hammasi havorangli patga ega bo‘lgan. F2da esa duragaylar 3 xil fenotipik sinfga ajralish beradi, ya’ni J/4 qismi qora, 1/4 qismi havorang, V4 qismi oq bo‘ldi.Genotipik va fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo‘ldi.
G‘o‘zada tolaning rangi (qo‘ng‘ir - AA, novvotrang - Aa, oq - aa), na- mozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil - AA, pushti - Aa, oq - aa), odamlarda soch tolasining (jingalak - AA, taram-taram - Aa, silliq - aa) irsiylanishi oraliq xarakterga ega (13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |