VII “ ” sinf o’quvchisi
__________________________________ning
Zoologiya fanidan laboratoriya ishi
DAFTARI
Sana: 1- Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Tirik tufelka harakatini, tuzilishini, ta’sirlanishini mikroskop ostida kuzatish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash va tirik obektlar bilan mustaqil ishlash, o’z-o’zini nazorat qilish va baholash ko’nikmasini hosil qilish. Tufelka misolida bir hujayralilarning tuzilishi, harakatlanishi va ta’sirlanishini mustaqil o’rganish va kuzatish.
Kerakli jihozlar: Mashg’ulotning texnologik xaritasi(har bir o’quvchiga bittadan), nina,tufelkali pichan ivitmasi, mikroskop, soat oynasi, qoplag’ich oynacha, buyum oynasi, tomizgich, kongo bo’yog’i, shisha tayoqcha, filtr qag’ozi, yashil metil, 1:1nisbatdagi suv va sirka kislota eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |