Sana: 1- laboratoriya mashg’uloti


Sana: 5- Laboratoriya mashg’uloti


Download 283.24 Kb.
bet10/11
Sana05.01.2022
Hajmi283.24 Kb.
#206777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-biologiya laboratoriya ishi

Sana: 5- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Qushlarning tashqi tuzilishi. Qushlarning pat va par qoplamini o’rganish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda qushlarning tana shakli va pat qoplami tuzilishining havoda uchishga moslashganligi to’g’risida tushuncha hosil qilish.

Kerakli jihozlar: Mashg’ulotning texnologik xaritasi(har bir o’quvchiga bittadan), Qush tulumi yoki tirik kaptar, patlar komplekti, qo’l lupasi, mikroskop.



Qush tulumi Lupa Patlar komplekti

Ishning borishi: 1. Tulum yordamida qushlarning tashqi tuzilishini o’rganing. Boshi, bo’yni, qanotlari, dumi va oyoqlarini diqqat bilan ko’zdan kechiring.

2. Qush tumshug’ining tuzilishini ko’zdan kechiring. Tili, burun va quloq teshigini toping.

3. Qush oyoqlari quyi qismining tangachalar bilan qoplanganligini kuzating. Oyoqlaridagi barmoqlarini sanang, barmoqlarining qanday joylashganligiga e’tibor bering.

4. Qushning pat qoplamini diqqat bilan ko’zdan kechiring. Patlarning qush tanasida qanday joylashganligiga e’tibor bering. Eng yirik va mayda patlarning qanday joylashganligini aniqlang.

5. Qoplag’ich kontur patlarni ko’zdan kechiring, pat uchi, yelpigichi va o’zagini toping. Pat yelpigichida o’siqchalarning joylashishini lupa va mikroskop yordamida tekshiring. Pat yelpigichini nina bilan titib, mikroskopda birinchi va ikkinchi tartib o’siqchalarni toping.

6. Yelpigichi titilgan patni siqilgan barmoqlaringiz orasidan o’tkazib, yelpigichni yana o’z holatiga kelishini tekshirib ko’ring.

7. Pat va parlarning tuzilishini solishtirib ko’rib, ular orasidagi farqni aniqlang. Pat va momiq parning tuzilishini daftaringizga chizib oling.

8. Qushlar bilan sudralib yuruvchilarning tashqi tuzilishi va teri qoplami o’rtasida qanday o’xshashlik va farq borligini aniqlang.






Download 283.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling