Mikroskop Buyum oynasi Tomizgich Kongo bo’yog’i Pichan ivitmasi Nina
Ishning borishi:
1. 2-3 kun oldin pichan iliq suvga solinib ivitib qo’yiladi.
2. Tomizgich yordamida tufelka ko’paytirilayotgan pichan ivitmasidan 15-20 tomchi olib, soat oynasiga tomizilib unga biroz qizil kongo bo’yog’i qo’shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Tomizgich yordamida bo’yoqli ivitmadan bir tomchi olib buyum oynasiga tomiziladi. Tufelka harakatini sekinlashtirish uchun paxta tolasi tashlanadi va filtr qag’oz yordamida suvi so’rdirib olinadi va preparat tayyorlanadi.
3. Preparatni mikroskopning kichik va katta obektivlarida kuzatib. Tufelka topiladi va uni harakatlanishi, oziqlanishi og’iz teshiqi chiqaruvchi teshigi va ichki tuzilishi aniqlanadi.
4. Buyum oynasiga ikki tomchi suv tomizilib igna bilan ingichka kanalcha orqali tutashtiriladi va unga bir tomchi tufelkali ivitma solinib bir tamoniga osh tuzi solinadi, shunda tufelka toza suvli tomonga o’tishini kuzating.
5. Bir tomchi ivitmani buyum oynasiga tomizib ustidan metil bo’yog’i va sirka kislota tomiziladi, bunda tufelka otiluvchi tanachalarini otib halok bo’lishini ko’rish mumkin. 6.Tufelkaning rasmi chizib olinadi va izohlanib xulosa yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |