Sana 13-dars


Download 20.39 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi20.39 Kb.
#107351
Bog'liq
2 sinf oqish dars ishlanma ozbekisto


SANA------------------------------------------------------------------------

13-dars.

Mavzu: O'zbekistonim. (Anvar Obidjon)

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, O’zbekiston.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta’rifi: O'quvchilarni asar mazmuni bilan tanishtirish. Vatanimizdagi qulayliklarni aytib o’tish.

Mehnatsevarlikka, tirishqoq bo’lishga, ilmga intilishga o’rgatish.



O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Izohli o'qish, ifodali o'qish, mashq, namoyish qilish, munozara.

Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz: she’r mazmuniga mos rasm.

Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta'limiy: O'quvchilaming to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, nasriy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qila bilishga o'rgatish.

Tarbiyaviy: vatanimizning bugungi kuni, uning yutuqlari haqida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda birgalikda ishlash, o'zaro yordam ko'rsatish ko'nikmalarini hosil qilish, lug'at boyligini oshirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

Fanga oid kompetensiyalar:tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish, hikoya, ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism



O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi

“ Tez javob” didaktik o’yini

2 daqiqa

2-bosqich

Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)



Dars shiori tanlanadi.Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.

Suhbat

2 daqiqa

3- bosqich

Darsning borishi



1.O’tgan darsni so’rab, oqish malakalarini tekshirish.

2.Ifodali o’qish.

3Mavzuni o’qishga tayyorgarlik,

4.Ijodiy ish 4 qator she’r yozish

5.Lug’at ishi

7.Dam olish daqiqasi.



Savol-javob
Izlanish

Izlanish
Suhbat

Namoyish


4 daqiqa
5 daqiqa

4 daqiqa


5 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash



1.Ibratli kishilarning yaxshi xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.

3.Darslikdagi savollarga javob topiladi.

4.Boshqotirma yechiladi.


Doska bilan ishlash

Munozara


Suhbat

Izlanish



5 daqiqa

2 daqiqa


2 daqiqa
5 daqiqa

5-bosqich

Dars yakuni va baholash



O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e’lon qilinadi.Dars yakunlanadi.

Baholash

2 daqiqa

6-bosqich

Uyga vazifa berish



Mavzuni o’qib o’rganib kelish.

Tushuntirish

1 daqiqa

Darsning borishi:Tashkiliy qism a) salomlashish;

b)siyosiy daqiaqa;

v)davomat;

Dars jarayoni:

1-bosqich. O'qituvchi o'tgan darsni so'rab baholaydi va topshiriq asosida o'qitib mustahkamlaydi. O'quvchilaming o'qish malaka-lari tekshirib ko'riladi.

2-bosqich. O'qituvchining kirish suhbati:

1. Bolalar, siz O'zbekiston deganda nimani tushunasiz? Siz uni qanday ta'riflaysiz? (O'qituvchi bolalar fikrini to'ldirib boradi.)

2. Shoir Anvar Obidjonning yana qanday she'rlarini o'rgan-ganmiz?

O'qituvchi she'mi ifodali o'qib beradi. Mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. She'ming asosiy g'oyasini aytib beradi.

She'mi qismlarga bo'lib, 3 nafar bola o'qiydi. Ikkinchi o'qishda o'quvchilar o'zlari o'qigan qismlari mazmunini so'zlaydilar. Uchin-chi marta topshiriq bilan o'qitiladi va mazmuni so'zlatiladi. Ilg'or o'quvchilar she'mi yoddan aytib beradilar. Lug'at ishi o'tkaziladi.

3-bosqich. Bir qancha topishmoqlar yozilgan kartochkalar o'quvchilarga tarqatiladi. Topishmoqlarning javoblari topilgan-dan keyin javoblaming bir xilligiga qarab o'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Ularga 2 donadan A4 formatli qog'oz tarqatiladi.

Guruhlarga topshiriq.

1-topshiriq: Qog'ozga Vatan haqidagi maqollardan yozish top-shiriladi. Qaysi guruh ko'p maqol topgan bo'lsa, o'sha guruh g'olib bo'lishi aytiladi.

2-topshiriq: «Klaster» metodidan foydalanib Vatanni yana qanday nomlar bilan atash mumkinligini qog'ozda aks ettirish.

Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

Taqdimot: Har bir guruhdan ikkitadan o'quvchi chiqib, guruh ishini taqdimot qiladi. Muhokama:

• Dars sizga yoqdimi?

• She'rdagi tabiat manzaralarini tasvirlashga doir joylami toping.

• She'rdagi O'zbekiston bayrog'i haqidagi qismini topib o'qing.

• Shoir tasvirlaganlarga qanday qo'shimcha qilar edingiz?



Kengaytirish. Uyda Vatan haqidagi maqollardan topish topshirig'i beriladi. Baholash. O'qituvchi o'quvchilaming darsga ishtiroki, faolligi, bildirgan fikrlari aniqligi va ijodkorligiga ko'ra reyting ballarini hisobga olib boradi va dars oxirida umumiy ballar e'lon qilinadi.

O’IBDO’------------------------------------------------------------------
Download 20.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling