Sana: 20-aprel 2011-yil
Download 183.5 Kb.
|
fizika 7 sinf impuls
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beriladi
FIZIK TALQINLAR. (+, -)
Yangi mavzuga tegishli to`g`ri javoblarga (+) ishorasi, o`tgan mavzuga tegishli javoblarga (-) ishorasi qo`yiladi. Gorizontal sirtda tinchlikdagi ishqalanish kuchi normal bosim kuchiga bog`liq emas (___) Impuls (___) F = µ Pn (___) Kuch impulsi (___) P=m∙ V (___) O`quvchilarning geografik talqinlarga bergan javoblariga qarab tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan rag`batlantiriladi. Dars so`ngida har ikkala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi. Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beriladi: 1. 84- va 85-rasmlarda ifodalangan tajribalarni tushuntirib bering. 2. Kuch impulsi qanday ifodalanadi? U qanday birliklarda o'lchanadi? 3. Harakatlanayotgan jismning massasi qancha katta bo`lsalining urilish zarbi ham shuncha katta bo’lishini asoslab bering. 4.Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo`lsa, uning urilish zarbi ham shuncha kalta bo’lishini asoslab bering. 5. Jism impulsi qanday ifodalanadi? U qanday birliklarda o’lchanadi? 6. Kuch impulsi va jism impulsi orasida qanday munosabat mavjud? 19-mashq 1. Tayanchga osilgan jismga bog'langan ip pastga qarab 10 N kuch bilan birinchi galda 5 s davomida tortib turildi, ikkinchi galda 0.1 s ichida shunday kuch bilan siltab tortildi. Har ikkala hol uchun jismga ta'sir etgan kuch impulsini toping. 2. Mavzuning “Jism impulsi" bandida keltirilgan misoldagi 10 g va 100 g massali jismlarning hamda miltiq o’qining impulsini toping. 3. Massasi 2 kg bo’lgan jism 5 m/s tezlikda kelib devorga urildi va о‘z tezligini butkul yo'qoldi. Jismning ta’sir kuchi impulsini toping. 4. Massasi 100 g bo'lgan sharcha gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlikda kelib ikkinchi sharchaga urildi va 0,2 m/s tezlikda o‘z harakatini avvalgi yo`nalishda davom ettirdi. Sharcha urilish paytida uning impulsi qanchaga o'zgargan? Download 183.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling