Sana: 20-aprel 2011-yil


Linzalar qanday turlarga bo`linadi?


Download 463 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi463 Kb.
#1391893
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars ishlanma

Linzalar qanday turlarga bo`linadi?
Linzalar qavariq va botiq linzalarga ajratiladi. Qavariq linza yig`uvchi, botiq linza sochuvchidir. Linzaning o`rta qismi chetlariga qaraganda yo`g`on bo`lsa qavariq, ya’ni nurlarni yig`adi, agar o`rta qismi chetlariga qaraganda ingichka bo`lsa botiq, ya’ni nurlarni sochadi. Linzalarning mana shu xususiyatidan amalda keng foydalaniladi. Masalan: Fatoapparatlarda yig`uvchi linzalar fotosuratga olinayotgan buyumni kichiklashtirgan tasvirni beradi. Sochuvchi linza kino apparatdagi kichik kadrdagi tasvirni yuzlab marta kattalashtirib beradi.


Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi?
L inzadan o`tgan nurlar bir nuqtada yig`iladi. Bu nuqta linzning fokus masofasi deyiladi. Fokus nuqtani F harfi bilan belgilanadi. Linzaning markazi O nuqtadan F nuqtgacha bo`lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Botiq linzada tasvir hosil bo`lmaydi. Botiq linzada mavhum fokus mavjud. Sochilgan nurlarni go`yoki F nuqtadan chiqib kelayotgandek tasavvur qilish mumkin.


5. Linzada tasvir qanday hosil bo`ladi?
Buyumdan linzaga qarab ikkita nur birinchisi optik o`qqa parallel, ikkinchisi linzaning markaziga yo`naltiriladi. Nur linza fokusidan o`tsa, ikkinchisi linza markazidan sinmasdan o`tadi va A nuqtada uchrashadi va tasvir hosil bo`ladi. Linzaning optik kuchi, buyum va linza orasidagi masofaga bog`liq ravishda tasvir turlicha bo`ladi.
Kompyuterda “Kalorama” tomonidan ishlab chiqilgan animatsion ko`rgazmali tajribada yig`uvchi linzalarda buyumlarning tasvirlarini hosil qilish namoyish qilinadi.
O`quvchilar kompyuterda tasvirni hosil qilinganini ko`rgandan so`ng uning chizmasi slayd orqali tushuntiriladi.
Qavariq linzada tasvir quyidagicha hosil bo`ladi. AB buyum F va 2F oralig`iga qo`yilgan bo`lsa, hosil qilingan tasvir haqiqiy, to`nkarilgan va kattalashgan bo`ladi.


Linzaning optik kuchi nima?
Linzalarda tasvir yasash buyum bilan linza orasidagi masofaga bog`liq. Fokus masofasi qisqaroq bo`lgan linza, fokus masofasi uzun linzadan ko`ra buyumni ko`proq kattalashtiriladi. Shuning uchun birinchi linzani optik jihatidan kuchliroq deb aytish mumkin. Linzaning optik kuchi deb linzaning fokus masofasiga teskari bo`lgan kattalikka aytiladi? Optik kuchi D harfi bilan belgilanadi va formulasi quyidagicha:

D=


Optik kuchi birligi qilib dioptriya (1 dptr) qabul qilingan. 1 dioptriya- bu fokus masofasi 1 m ga teng bo`lgan linzaning optik kuchidir. Fokus masofasi 1 m dan kichik bo`lgan linzalarning optik kuchi 1 dptr dan katta bo`ladi. Masalan, fokus masofasi 0,5 m bo`lgan linzaning optik kuchi quyidagiga teng.


D= =2 dptr


Linzalar fotoapparat, ko`zoynak, proeksion apparat, mikroskop, teleskop va h.k.o. larda qo`llaniladi.





Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling