Sana: 20-aprel 2011-yil


Download 463 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi463 Kb.
#1391893
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars ishlanma

5

Darsni yakunlash

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning shiori: “Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur”.
Alisher Navoiy
I. Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, davomat, ob-havo, sana, faslni aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish (o’rganiladigan BKM lar)
d) O’quvchilarni guruhlarga ajratish, nomlash va guruh sardorlarini tayinlash;
e) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);


II. Yangi mavzu bayoni

O`qituvchining kichik ma’ruzasi
Reja:

  1. Linza nima va uni qanday tushunamiz?

  2. Linzaning bosh optik o`qi nima?

  3. Linzalar qanday turlarga bo`linadi?

  4. Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi.?

  5. Linzada tasvir qanday hosil bo`ladi?

  6. Linzaning optik kuchi nima?

  7. Linzalar qanday asboblarda qo`llaniladi?

Yangi mavzuni boshlashdan oldin har xil ko`zoynaklar (tasvirni katta ko`rsatadigan, uzoqni yaxshi ko`radigan, kompyuterda ishlaydigan)ni o`quvchilarga tarqatib, ulardan qayerlarda foydalanish so`raladi. Shundan so`ng linzaga ta’rif beriladi. Slayd orqali linzani ifodalovchi tasvirni katta ekranga chiqarib, o`quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi.




Linza nima va uni qanday tushunamiz?
Linzadan yorug`likning qaytishidan va sinishidan nurlarning yo`nalishini o`zgartirish uchun yoki yorug`lik dastalarini boshqarish uchun foydalaniladi. Masalan: mikroskop, fotoapparat va boshqa shu kabi maxsus optik asboblarning yaratilishida ushbu qoidaga asoslangan. Bu asboblarning asosiy qismini linza tashkil etadi. Masalan, ko`zoynakning oynasi gardishga olingan linzadir. Ko`zoynakdan insonlar kichik narsalarni katta qilib, uzoqni yaqin qilib ko`rishda foydalaniladilar. Inson hayotida linzalarning qo`llanilishi muhim ahamiyatga ega. Demak linzalar shaffof jismlardan yasaladi. Shaffof jism deb nimaga aytiladi? Yorug`likni yaxshi o`tkazadigan moddalardan yasalgan jismlarga shaffof jism deyiladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Uni har qanday shaffof materialdan, hatto muzdan ham yasash mumkin.

Linzalarda tasvir yasash uchun optik o`qqa parallel nurlar yuboriladi. Linzaning bosh optik o`qi deb sferik sirtlarning O1 va O2 markazlaridan o`tuvchi to`g`ri chiziqqa aytiladi.



Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling