Aralash sonlarni qo’shish uchun :
1-qadam. Ularning butun qismlari qo’shiladi.
2-qadam. Kasr qismlari qo’shiladi.
3-qadam. 1- va 2- qadamda olingan natijalar qo’shiladi.
Aralash sonlarning kasr qismlari qo’shilganda noto’g’ri kasr hosil bo’lsa, u holda bu noto’g’ri kasrdan uning butun qismi ajratiladi va u yig’indining butun qismiga qo’shiladi.
Aralash sonlarning kasr qismlari har xil maxrajli bo’lsa, ularni qo’shish uchun:
1-qadam. Avval kasr qismlari umumiy maxrajga keltiriladi.
2-qadam. Aralash sonlarni qo’shishning yuqorida keltirilgan qoidalaridan foydalaniladi.
Aralash sonlar, ba’zan, quyidagicha ham qo’shiladi:
1-qadam. Avval aralash sonlar noto’g’ri kasrga aylantiriladi.
2-qadam. Hosil bo’lgan noto’g’ri kasrlar qo’shiladi.
3-qadam. Natija aralash songa aylantiriladi.
2. Aralash sonlarni ayirish.
Misol. Aralash sonlar yig’indisini toping:
Yechish. Bu yig’indisi hisoblashda:
aralash son = butun qism (natural son) + kasr qism ekanligidan;
sonlarni qo’shish qonunlaridan foydalaniladi.
Qisqacha bunday yoziladi: J a v o b :
Do'stlaringiz bilan baham: |