Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: HAJM O’LCHOV BIRLIKLARI
TO’G’RI BURCHAKLI PARALLELEPIPEDNING HAJMI
Darsning maqsadi: Hajm o’lchov birliklari. To’g’ri burchakli parallelepipedning hajmini o’rganish va ularni misollar bilan tushuntirish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Hajm o’lchov birliklari. To’g’ri burchakli
parallelepipedning hajmi
Qirrasi bir uzunlik birligiga teng bo’lgan kub birlik kub deyiladi.
Hajm o’lchov birligi sifatida birlik kub hajmi olinadi.
To’g’ri burchakli parallelepipedni n ta birlik kubga ajratish mumkin bo’lsa, uning hajmi n birlik kub hajmga teng deyiladi.
To’g’ri burchakli parallelepipedning bo’yi (a), eni (b), balandligi (c) uzunlik birligiga teng bo’lsa, u holda uning hajmi quyidagicha bo’ladi:
V = a ∙ b ∙ c (kub birlik).
To’g’ri burchakli parallelepiped hajmi uning uchala o’lchami ko’paytmasiga teng.
1. Hajm o’lchov birliklari orasidagi bog’lanish (munosabat)ni chiqaring.
2. Kubning qirrasi: 2 sm; 6 sm; 2 dm; m bo’lsa, uning hajmini toping.
3. Qirrasi 8 sm bo’lgan kubni qirrasi 2 sm bo’lgan nechta kubga ajratish mumkin?
4. 1) Polning yuzi 20 m2. Xonaning hajmi 60 m3. Xonaning balandligini toping.
2) Xonaning hajmi 36 m3. Xonaning balandligi 3 m. Polning uizini toping.
5. Asosining yuzi: 1) 49 sm2; 2) 64 dm2; 3) 100 sm2; 4) 400 sm2 bo’lgan kubning hajmi qanchaga teng? Sirtning yuz-chi ? Barcha qirralari uzunliklari yig’indisi-chi ?
6. Kubning qirrasi : 1) 3 marta orttirilsa; 2) 2 marta kamaytirilsa, uning hajmi qanday o’zgaradi ?
7. Akvarium to’g’ri burchakli parallelepiped shaklida bo’lib, uning bo’yi 60 sm, eni 40 sm, balandligi esa 30 sm. Akvariumga 3 litrlik bankada to’ldirib necha marta suv quyilsa, suv sathi 20 sm balandlikda bo’ladi ?
8. Kub sirtining yuzi: 1) 486 sm2; 2) 150 dm2; 3) 1350 sm2; 4) 864 dm2 ga teng. Kubning hajmini, bir uchidan chiqqan 3 ta qirrasining uzunligini toping.
9. O’lchamlari: 1) 4 sm, 3 sm va 2 sm; 2) 2 sm, 2 sm va 5 sm bo’lgan ikkita quticha bor. Ulardan qaysi biriga qirrasi 1 sm bo’lgan kubdan joylash mumkin ?
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |