Sana: 2020-yil; Sinf: 11 “A”; 11”B”; Soat


O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari


Download 0.59 Mb.
bet2/8
Sana28.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#154086
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari konspekt




O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________


Sana: ______________________2020-yil; Sinf: 11 “A”; 11”B”; Soat: ___


Darsnig mavzusi:

4-dars. 4 & Oilaviy tadbirkorlik

Darsning maqsadi:


Ta’limiy maqsad:

Mavzuga doir berilgan ma’lumotlar orqali ularning bilim, malakasini oshirish. Ularga berilayotgan bilim orqali o’z faoliyatini samarali bo’lishiga erishish, jamoadagilar bilan do’stona munosabatda bo’lishiga doir hislatlarini shakllantirish.



Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarda jamoa bilan ishlashda do’stona munosabatda bo’lishi, o’zgalar fikriga hurmat bilan qarash, topqirlik, ijodkorlik hislatlarini shakllantirish. Mavzuda beriladigan, o’quvchilar uchun tarbiyaviy ahamimyatga ega bo’lgan ma’lumotlar orqali ularning hulqiy, ahloqiy tushunchalarini shakllantirish.



Rivojlantiruvchi maqsad:

Darsda yoritiladigan mavzu orqali o’quvchilarning shaxsiy, insoniylik xususiyatlarini shakllantirish, motivatsiyaga moillik xususiyatlari, o’z-o’zini shakllantirish, bilimni tahlil qila olish va tizimlashtirish xususiyatlari, o’z fikrini bayon qila olish va uni rivojlantirish, ko’lmunikativ xislatlarni rivojlantirish. O’quvchilarda mavzuga doir bilim, ko’nikma va malaka shakllantirish. Mustaqil fikrlashni o’rgatish.




Darsning turi:

Yangi bilimlar beruvchi

Darsning metodi:

Interfaol, aqliy hujum, og’zaki, guruhlarda ishlash

Ko’rgazmali qurollar:

Darslik, qo’llanma, kompyuter, tarqatma materiallar

DARSNING REJASI:


Tashkiliy qism: 2 daq.

O’tilgan mavzuni so’rash: 10 daq.

Yangi mavzuni o’rganish: 12 daq.

Yangi mavzuni mustahkamlash: 16 daq.

O’quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa berish: 5 daq.





DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism:

  • Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini aniqlash.

  • Salomlashish.

  • Davomatni aniqlash.

Uy vazifasini tekshirish va o’tilgan mavzuni takrorlash:

Yillik rejaga asosan berilgan uy vazifasini tekshirish va o’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarni baholash.

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik nima?

2. Jismoniy va yuridik shaxs tushunchalari qanday farqlanadi?

3. Yakka tartibdagi tadbirkorlikning afzalliklari va kamchiliklari nimalar orqali namoyon bo‘ladi?



Yangi mavzuning bayoni:

Siz yakka tartibdagi tadbirkorlikning ayrim kamchiliklarini oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali hal etishingiz mumkin. oilaviy tadbirkorlik– oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda

Oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan va yuridik shaxs tashkil etgan holda yo‘lga qo‘yish mumkin. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy tadbirkor (oT), yuridik shaxs tashkil etgan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy korxona (oK) deb nomlanadi. Tadbirkorlik faoliyatining har qanday shaklida bo‘lgani singari oilaviy tadbirkorlikda ham afzallik va kamchilik jihatlari mavjud.

Oilaviy tadbirkor shaklidagi faoliyatni amalga oshirish qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Oilaviy tadbirkor o‘z faoliyatida faqat oila a’zolaridan foydalanish mumkin bo‘lib, tashqaridan xodimlarni yollash huquqiga ega emas. Bu o‘rinda oila a’zolari bo‘lib, asosan, er-xotin, otaonalar va farzandlar hisoblanadi. Oilaviy tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi hisoblanadi. Oilaviy tadbirkor oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda, oilaning boshqa a’zolari esa eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badallarini to‘laydilar.

Oilaviy korxona – yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik shakli. Oilaviy korxona ishtirokchilarining soni ikki kishidan kam bo‘lmay, ular korxona faoliyatini yuritishda shaxsiy mehnatlari bilan qatnashishlari shart. Oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i, bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxonaning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.



Yangi mavzuni mustahkamlash (qo’shimcha ma’lumotlar):

1. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatiga oid xususiyatlarni izohlang.

2. Oilaviy korxonaning qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?

3. Oilaviy korxonalarda ustav fondining eng kam miqdori qancha bo‘lishi lozim?

4. Kimlar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘la oladilar?



O’quvchilarni baholash:

Dars jarayonida faol qatnashgan va baholashga loyiq bo’lgan o’quvchilarni baholash.

Uyda bajariliadigan topshiriqlar:

Yillik rejaga asosan uyga vazifani berish. Yangi mavzuni konspekt qilish, o’qib kelish.



O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_______________

Sana: ______________________2019-yil; Sinf: 11 “A”; 11”B”; Soat: ___


Darsnig mavzusi:

5-dars. 5 & Mikrofirma va kichik korxona

Darsning maqsadi:


Ta’limiy maqsad:

Mavzuga doir berilgan ma’lumotlar orqali ularning bilim, malakasini oshirish. Ularga berilayotgan bilim orqali o’z faoliyatini samarali bo’lishiga erishish, jamoadagilar bilan do’stona munosabatda bo’lishiga doir hislatlarini shakllantirish.



Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarda jamoa bilan ishlashda do’stona munosabatda bo’lishi, o’zgalar fikriga hurmat bilan qarash, topqirlik, ijodkorlik hislatlarini shakllantirish. Mavzuda beriladigan, o’quvchilar uchun tarbiyaviy ahamimyatga ega bo’lgan ma’lumotlar orqali ularning hulqiy, ahloqiy tushunchalarini shakllantirish.



Rivojlantiruvchi maqsad:

Darsda yoritiladigan mavzu orqali o’quvchilarning shaxsiy, insoniylik xususiyatlarini shakllantirish, motivatsiyaga moillik xususiyatlari, o’z-o’zini shakllantirish, bilimni tahlil qila olish va tizimlashtirish xususiyatlari, o’z fikrini bayon qila olish va uni rivojlantirish, ko’lmunikativ xislatlarni rivojlantirish. O’quvchilarda mavzuga doir bilim, ko’nikma va malaka shakllantirish. Mustaqil fikrlashni o’rgatish.




Darsning turi:

Yangi bilimlar beruvchi

Darsning metodi:

Interfaol, aqliy hujum, og’zaki, tushuntirish.

Ko’rgazmali qurollar:

Darslik, qo’llanma, kompyuter, tarqatma materiallar.

DARSNING REJASI:


Tashkiliy qism: 2 daq.

O’tilgan mavzuni so’rash: 10 daq.

Yangi mavzuni o’rganish: 12 daq.

Yangi mavzuni mustahkamlash: 16 daq.

O’quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa berish: 5 daq.





DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism:

  • Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini aniqlash.

  • Salomlashish.

  • Davomatni aniqlash.

Uy vazifasini tekshirish va o’tilgan mavzuni takrorlash:

Yillik rejaga asosan berilgan uy vazifasini tekshirish va o’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarni baholash.

1. Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etishning qanday shakllari mavjud? Ular o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring?

2. Oilaviy tadbirkorlikning qanday afzallik va kamchiliklari mavjud?

3. Oilaviy tadbirkor va oilaviy korxona bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?



Yangi mavzuning bayoni:

Jahon amaliyotida o‘zining faoliyat ko‘lami bo‘yicha xo‘jalik yuritish imkoniyatlari cheklangan tadbirkorlik subyektlarini ajratib olish tajribasi mavjud. Chunki ushbu tadbirkorlik subyektlari davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanmasa, zarur shart-sharoitlar yaratib berilmasa, ular boshqa yirik korxonalar oldida raqobatdoshligini yo‘qotib, o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Ular kichik tadbirkorlikyoki kichik biznes subyektlari deb yuritiladi. Kichik tadbirkorlik subyektlarini ajratishda dunyoda keng qo‘llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

– ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni;

– asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi;

– foyda (daromad) hajmi;

– mahsulot sotishdan yalpi tushum va boshqalar.

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat turi va ushbu sohada ishlovchilar soniga qarab belgilanadi.

Korxonaning asosiy faoliyat turi– hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyatdir.

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarining bir ko‘rinishini mikrofirmalar tashkil etadi.

Mikrofirma – muayyan sohadagi ishlovchilar soni jihatidan eng kichik bo‘lgan yuridik shaxs ko‘rinishidagi kichik tadbirkorlik subyekti.

Ishlovchilar soni jihatidan mikrofirmadan kattaroq bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyekti kichik korxonadir.

Korxonadagi xodimlarning o‘rtacha yillik soni barcha oylarda mavjud bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha oylik sonini qo‘shish va uni 12 oyga bo‘lish orqali aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun xodimlarning yil mobaynidagi o‘rtacha oylik sonini hisoblab chiqish zarur. Xodimlarning o‘rtacha oylik soni ularning har kungi sonidan kelib chiqib belgilanadi.


Yangi mavzuni mustahkamlash (qo’shimcha ma’lumotlar):

1. Kichik tadbirkorlik subyektlari qanday mezonlarga ko‘ra aniqlanadi?

2. Kichik korxona mikrofirmadan nimasi bilan farq qiladi?

3. O‘zbekistonda mikrofirmada ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni qaysi chegaradan oshmasligi lozim hamda kichik korxonada ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni chegaralari qanday?


O’quvchilarni baholash:

Dars jarayonida faol qatnashgan va baholashga loyiq bo’lgan o’quvchilarni baholash.

Uyda bajariliadigan topshiriqlar:

Yillik rejaga asosan uyga vazifani berish. Yangi mavzuni konspekt qilish, o’qib kelish.



O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_______________

Sana: ______________________2019-yil; Sinf: 11 “A”; 11”B”; Soat: ___


Darsnig mavzusi:

6-dars. 6 & Xususiy korxona

Darsning maqsadi:


Ta’limiy maqsad:

Mavzuga doir berilgan ma’lumotlar orqali ularning bilim, malakasini oshirish. Ularga berilayotgan bilim orqali o’z faoliyatini samarali bo’lishiga erishish, jamoadagilar bilan do’stona munosabatda bo’lishiga doir hislatlarini shakllantirish.



Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarda jamoa bilan ishlashda do’stona munosabatda bo’lishi, o’zgalar fikriga hurmat bilan qarash, topqirlik, ijodkorlik hislatlarini shakllantirish. Mavzuda beriladigan, o’quvchilar uchun tarbiyaviy ahamimyatga ega bo’lgan ma’lumotlar orqali ularning hulqiy, ahloqiy tushunchalarini shakllantirish.



Rivojlantiruvchi maqsad:

Darsda yoritiladigan mavzu orqali o’quvchilarning shaxsiy, insoniylik xususiyatlarini shakllantirish, motivatsiyaga moillik xususiyatlari, o’z-o’zini shakllantirish, bilimni tahlil qila olish va tizimlashtirish xususiyatlari, o’z fikrini bayon qila olish va uni rivojlantirish, ko’lmunikativ xislatlarni rivojlantirish. O’quvchilarda mavzuga doir bilim, ko’nikma va malaka shakllantirish. Mustaqil fikrlashni o’rgatish.




Darsning turi:

Yangi bilimlar beruvchi

Darsning metodi:

Interfaol, aqliy hujum, og’zaki, tushuntirish.

Ko’rgazmali qurollar:

Darslik, qo’llanma, kompyuter, tarqatma materiallar.

DARSNING REJASI:


Tashkiliy qism: 2 daq.

O’tilgan mavzuni so’rash: 10 daq.

Yangi mavzuni o’rganish: 12 daq.

Yangi mavzuni mustahkamlash: 16 daq.

O’quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa berish: 5 daq.





DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism:

  • Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini aniqlash.

  • Salomlashish.

  • Davomatni aniqlash.

Uy vazifasini tekshirish va o’tilgan mavzuni takrorlash:

Yillik rejaga asosan berilgan uy vazifasini tekshirish va o’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarni baholash.

Yangi mavzuning bayoni:

Ayrimtadbirkorlar o‘z faoliyatining miqyosiga emas, balki uning mustaqil ekanligiga katta e’tibor qaratadilar. Chunki boshqarish, xo‘jalik qarorlari chiqarish va daromadni taqsimlashdagi mustaqillik tadbirkorning manfaatlariga to‘liq mos kelishi mumkin. Bunday holatda tadbirkorlikning xususiy korxona shakli har tomonlama muvofiqdir.

Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda

Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. Bu bir shaxs tomonidan yaratilgan tashkilot bo‘lib, biznes faoliyati ta’sischining o‘z mulklari asosida amalga oshiriladi. Siz mamlakatimizdagi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni osongina ajratib olishingiz mumkin. Chunki mazkur mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotda firma nomidan keyin «xususiy korxona» degan so‘z yoki «XK» abbreviaturasi yozilgan bo‘ladi.

Xususiy korxona faoliyatining o‘ziga xos jihati shuki, u boshqa ta’sischilarning aralashuvisiz, bir kishining yagona rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi.

E’tiborli jihati, xususiy korxona faoliyatiga boshqa ta’sischilarning aralashuvi man etilsa-da, mazkur xususiy korxonaning boshqa korxonalar faoliyatida ishtirok etishi ruxsat etilgan.

Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxs larning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni, 9-modda



Yangi mavzuni mustahkamlash (qo’shimcha ma’lumotlar):

1. Xususiy korxona rahbari korxonani vaqtincha boshqarish imkoniyati

o‘lmagan holatda qanday yo‘l tutishi mumkin?

2. Soliqqa tortish bo‘yicha xususiy korxonaning qaysi jihatlari boshqa tadbirkorlik shakllariga o‘xshaydi?

3. Xususiy korxonada qanday mulkiy huquqlar mavjud?



O’quvchilarni baholash:

Dars jarayonida faol qatnashgan va baholashga loyiq bo’lgan o’quvchilarni baholash.

Uyda bajariliadigan topshiriqlar:

Yillik rejaga asosan uyga vazifani berish. Yangi mavzuni konspekt qilish, o’qib kelish.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling